Germaniya banklari O‘zbekistonga 1 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratadi

Obuna bo‘lish
Bundan avval Milliy bank tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi bo‘yicha 100 million dollar, shuningdek, Rossiya "Gazprombank" tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 153 million dollar ajratish bo‘yicha kelishuv imzolangan

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston TIF milliy banki Germaniyaning yetakchi banklari bilan 950 million yevro ajratish bo‘yicha zayom kelishuvlarini imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Markaziy bank ilk bor O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralar miqdorini e’lon qildi

Kelishuvlar O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida erishildi. Hujjatlar Munxen shahrida o‘tkazilgan ikki davlat biznes-forumi boshlanishidan bir kun avval imzolandi.

"Eng yirik 500 million yevrolik bitim Deutsche Bank AG bilan tuzildi. Ushbu kelishuv respublikada yirik investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shuningdek, Commerzbank AG bilan 350 million yevroga va AKA Bank bilan 100 million yevroga bitimlar imzolandi. Ular investitsion loyihalarni, shuningdk kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirish ko‘zda tutilgan", — deb ta’kidlandi Milliy bank tomonidan.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Milliy bank tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi bo‘yicha 100 million dollar, Rossiya "Gazprombank" tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 153 million dollar, shuningdek Turkiya Türk Eximbank tomonidan 44 million dollar ajratish bo‘yicha kelishuv imzolangandi.

Bundan tashqari, 2017-yil 13-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorni imzolangandi. Ushbu qarorda milliy bankning tashqi iqtisodiy faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, chakana bank xizmatlari sohasidagi ustuvor vazifalari alohida belgilab berildi.

Yangiliklar lentasi
0