G‘arb davlatlari razvedka infratuzilmasini o‘z elchixonalarida joylashtirmoqda - KXShT

Flag ODKB
Flag ODKB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2024
Obuna bo‘lish
G‘arb davlatlari razvedka infratuzilmasi aksariyat hollarda mezbon mamlakatdagi diplomatik missiya tarkibiga kiritilgan.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. G‘arb davlatlari buzg‘unchi kontentni tarqatish uchun razvedka infratuzilmasini o‘z elchixonalarida joylashtirmoqda, dedi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bosh kotibi Imangali Tasmagambetov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan XII yalpi majlisida.

"G‘arb davlatlari mezbon mamlakatlarda buzg‘unchi kontent yaratish va tarqatish uchun, ko‘pincha o‘z diplomatik missiyalari tarkibiga kiritilgan razvedka infratuzilmasidan foydalanadi. Buni o‘tkir muammo deb hisoblanishi mumkin", - dedi bosh kotib.

KXShT — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti postsovet respublikalari tomonidan 1992-yilda Toshkentda tashkil etilgan. Uni dastlab “Toshkent pakti” ham deyishardi. Tashkilot maqsadi — kollektiv asosida xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlash. Bugungi kunda tashqilot tarkibiga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.
Yangiliklar lentasi
0