Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

"Innoprom"ga tashrifdan oldin O‘zbekiston ehtiyojlarini o‘rganib chiqdik — Soloveychik

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
“Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida 20 dan ortiq kompaniya Sankt-Peterburgning eksport salohiyatini namoyish etdi.
Toshkentdagi "Innoprom"ga tashrifdan oldin O‘zbekiston ehtiyojlarini jiddiy o‘rganib chiqdik. Bu haqda Sankt-Peterburg Sanoat siyosati, innovatsiyalar va savdo qo‘mitasi raisi Kirill Soloveychik Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasining shimoliy poytaxti O‘zbekistonga qator innovatsion ishlanmalarni taklif etmoqda. Ularni “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida yigirmadan ortiq Sankt-Peterburg kompaniyasi namoyish etib, avvalroq respublika ehtiyojlarini o‘rganib chiqdi. Gap rangli asfalt va aromatik qo‘shimchalar bilan yo‘l qoplamalarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi asfalt aralashmalari ishlab chiqaruvchilari haqida ketmoqda.
Kirill Soloveychikning ma’lum qilishicha, bir qator korxonalar yo‘l qurilish texnikasi va energiya hisobi tizimini yaratish bilan shug‘ullanadi.
“Sankt-Peterburgdan 20dan ortiq kompaniya vakillarini olib keldik. Biz tashrifdan oldin O‘zbekiston ehtiyojlarini jiddiy o‘rganib chiqdik va shunga muvofiq ravishda o‘zimizdagi eng yirik korxonalar vakillarini taklif qildik. Masalan, asfalt-betor qorishmalari tayyorlovchi kompaniya, yo‘l-qurilishi va shahar qurilish texnikalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari bor", — dedi Kirill Soloveychik.
Sankt-Peterburg kompaniyalari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni qanday rivojlantirish niyatida? Qo‘shma ishlab chiqarishlar tashkil etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish rejalari bormi?
Batafsil— Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0