Rossiya "Innoprom"ga vodorodli "Aurus" olib keldi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
"Innoprom" ko‘rgazmasida to‘rtinchi vodorodli "Aurus" avtomobili namoyish etildi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiya "Innoprom" ko‘rgazmasiga vodorodli "Aurus"ni olib keldi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkentda to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan FGUP "NAMI" marketing va tijorat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nikolay Shmidtning qayd etishicha, ular taqdim etayotgan "Aurus" dunyoda yagona vodorodli lyuks klass avtomobili.

“Bu bizning to‘rtinchi vodorodli "Aurus" avtomobilimiz. Har bir yangi namuna tobora mukammallashgan. Yoqilg‘i 600 km masofaga yetadi va uni to‘ldirish uchun atigi besh daqiqa kerak. An’anaviy ichki yonuv dvigatelli avtomobil kabi. 100 km/gacha tezlashish - 4 soniya, ya’ni avtomobilning xususiyatlari juda yaxshi bo‘ladi”, — deydi Shmidt.

Direktor o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yildan yilga avtomobilning tarkibiy qismlari ixchamlashtirib, uni yanada qulay qilib yo‘llariga chiqarishga tobora yaqinlashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida bu yil 10 mingdan ortiq kishi, 450 taga yaqin xorijiy kompaniya va 27 davlatdan ishbilarmon delegatsiyalar ishtirok etmoqda.
Aurus Senat. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2023
Putin Mirziyoyevni Aurus yo‘ltanlamas mashinasida aylantirdi
Yangiliklar lentasi
0