“Krokus” terakti ishtirokchilarining hech biri jazodan qochib qutula olmaydi — Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishVideoobrashenie prezidenta Vladimira Putina k uchastnikam 12-y mejdunarodnoy vstrechi visokix predstaviteley, kuriruyushix voprosi bezopasnosti
Videoobrashenie prezidenta Vladimira Putina k uchastnikam 12-y mejdunarodnoy vstrechi visokix predstaviteley, kuriruyushix voprosi bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2024
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori vakillarning 12-xalqaro yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll"da sodir etilgan terakt ishtirokchilarining hech biri adolatli jazodan qutulib qolmasligi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori vakillarning 12-xalqaro yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi shafeligida Sankt-Peterburgda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori vakillarning 12-xalqaro yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya maxsus xizmatlari va huquq-tartibot idoralari ushbu terakt ishtirokchilari, jumladan buyurtmachilar, homiylar va tashkilotchilarni aniqlamoqda.
"Ularning hech biri adolatli jazodan qochib qutula olmaydi", — deb ta’kidladi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilarning usullari tobora murakkab va vahshiy bo‘lib bormoqda.
"Jinoyatchilarning usullari tobora murakkab va vahshiy bo‘lib bormoqda, buni 22-mart kuni Moskva viloyatida sodir bo‘lgan qonli terakt yana bir bor ko‘rsatdi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya prezidenti an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlash va himoya qilishni davlatlar suvereniteti va xavfsizligini mustahkamlashning eng muhim sharti deb atadi.
“Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘z xalqlarining milliy va o‘ziga xosligini himoya qiladigan, ajdodlari xotirasini e’zozlaydigan, shu bilan birga boshqa madaniyat va an’analarni hurmat qiladigan davlatlar izchil va mustaqil rivojlanmoqda”, — dedi u.
Uning fikricha, bu yondashuv ko‘p qutbli dunyo tartibi shakllanayotgan va global kuchlar muvozanati jahon ko‘pchilik foydasiga bosqichma-bosqich o‘zgarib borayotgan, yangi taraqqiyot markazlari faol mustahkamlanib borayotgan bugungi kunda ayniqsa muhimdir.
XXI asrning eng jiddiy tahdidlaridan biri xalqaro terrorizm bo‘lib qolmoqda, uni nafaqat radikal guruhlar, balki ayrim davlatlarning razvedka xizmatlari ham qo‘llab-quvvatlamoqda, deya qo‘shimcha qildi Putin.
Axborot sohasini tahdidlardan himoya qilish barcha mamlakatlar uchun dolzarb bo‘lib, milliy xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun nihoyatda muhim, dedi Vladimir Putin.
“Uchrashuvingizda axborot makonini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish masalalariga ustuvor e’tibor qaratishini bilaman. Mavzu barcha davlatlar uchun dolzarb, milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun juda muhim”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda barcha manfaatdor sheriklar bilan yaqin hamkorlikka tayyor.
“Yana bir bor ta’kidlamoqchiman: Rossiya global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, ko‘pchilik mamlakatlar manfaatlariga javob beradigan yangi ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirishda barcha manfaatdor sheriklar bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor”.
Rossiya yetakchisi tadbir mamlakatlar va xalqlar farovonligi, sayyorada tinchlik va barqarorlik manfaatlari yo‘lida hamkorlikni mustahkamlashga yordam berishiga ishonch bildirdi.
Obstanovka u Krokus Siti Xoll - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2024
"Krokus"da terakt uyushtirganlar aslida ikkita maqsadni ko‘zlagan
Yangiliklar lentasi
0