Sanksiyalar bu qurol va harbiylarsiz urush — Eron oliy rahbari

© AP Photo / Office of the Iranian Supreme LeaderVerxovniy lider Ayatolla Ali Xamenei na vstreche v Tegerane, Iran, 17-oktabrya 2023 goda.
Verxovniy lider Ayatolla Ali Xamenei na vstreche v Tegerane, Iran, 17-oktabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2024
Obuna bo‘lish
G‘arb davlatlarining Eronga qarshi sanksiyalar siyosati barbod bo‘ldi va Amerika ma’muriyati buni sharmandalarcha tan olishi kerak, dedi Eron rahbariyati.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. G‘arb davlatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalar Eron taraqqiyotini to‘xtata olmaydi, dedi shanba kuni Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy.

"Eronga qarshi sanksiyalar hech qachon natija bermagan", - deya ta’kidladi oliy rahbar "Tasnim" agentligiga. Xomanaiy fikriga ko‘ra, sanksiyalar bu amalda qurol ishlatmasdan davlatlarga qarshi urush olib borishning bir usuli hisoblanadi. Tehronda Eron eksportiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilishida “Sanksiyalar harbiylar ishtirokisiz o‘ziga xos urushdir”, dedi Eron oliy rahbari.

Bugun Tehronda ochilgan “Iran Ekspo – 2024” oltinchi xalqaro ko‘rgazmasida so‘zga chiqqan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ham G‘arbning Eronga qarshi sanksiyalar rejasi barbod bo‘lganini ta’kidladi.

“Ushbu ko‘rgazma Eron Islom Respublikasiga sanksiyalar ta’sir qilmasligini ko‘rsatdi. <...> Dushmanning Eronni yakkalab qo‘yish rejalari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi va kelajakda ham hech qanday natija bermaydi. <...> Amerika ma’muriyati Eronga qarshi sanksiyalar siyosati sharmandalarcha barbod bo‘lganini” tan olishi kerak", - dedi Raisiy.

Ma’lumot uchun, Isroil Damashqdagi Eron konsulxonasiga raketa zarbasi berganidan so‘ng Eron Isroilga ommaviy raketa zarbasi bergan edi. Shundan so‘ng G‘arb davlatlari tomonidan Eronga qarshi navbatdagi sanksiyalar mavzusi faol muhokama qilina boshlandi. Xususan, o‘tgan haftada YeI, Britaniya, AQSh va Kanada Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishini e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0