O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

© Belorusskaya federatsiya biatlonaChempionat Belarusi po letnemu biatlonu
Chempionat Belarusi po letnemu biatlonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2024
Obuna bo‘lish
Toshkentda Belarus biatlon federatsiyasi prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov Belarus biatlon federatsiyasi prezidenti Andrian Sibulskiy bilan uchrashdi.
© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet UzbekistanaO‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Nalajivayetsya dvustoronnee sotrudnichestvo s federatsiyey biatlona Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2024
O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiya o‘yinlarida kattaroq tarkib bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bunda Belarus kabi sohada istiqbolga erishgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilish muhimligi aytildi.
Shuningdek, biatlon sportini rivojlantirish, ommaviy sport orqali iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish, professional sportda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritish borasida Belarus tajribasi haqida so‘z yuritildi.
© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet UzbekistanaO‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Nalajivayetsya dvustoronnee sotrudnichestvo s federatsiyey biatlona Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2024
O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
"Andrian Sibulskiy biatlonning yozgi turi bo‘yicha o‘tadigan ochiq turnirlarda ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik sportchilarni Belarusga taklif qildi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar yosh sportchilar ishtirokida hamkorlikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish borasida ham fikr almashishdi.
Ma’lumot uchun, biatlon bo‘yicha Belarus terma jamoasi qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medal qo‘lga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0