Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2024
Obuna bo‘lish
Javdat Yilmaz O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya prezidenti salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Turkiya respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat avvalida Javdat Yilmaz O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Tureskoy Respubliki vo glave s vitse-prezidentom Djevdetom Yilmazom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2024
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
“O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Faol muloqotlar barcha darajalarda davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energetika, konchilik, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash, eng avvalo, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yangiliklar lentasi
0