O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilash uchun nima qilinmoqda — Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev, III Xalqaro investitsiya forumi.
Shavkat Mirziyoyev, III Xalqaro investitsiya forumi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan islohotlarni sanab o‘tdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkentda ochilgan investitsion forumda so‘zlagan nutqida respublikada o‘tkazilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini aytib o‘tdi.

"Biz mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, bu yo‘ldagi to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun qat’iy qadamlar tashladik. Aynan shu bois har bir sarmoyador o‘zini erkin va ishonchli his qilishi uchun keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirayapmiz", — dedi prezident.

Investitsion muhitni yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan ishlarning asosiy yo‘nalishlari:

1. Yashil eneregetika. O‘zbekiston 2030-yilga qadar iqtisodda yashil energetika ulushini 40%ga yetkazishni maqsad qilgan. Buning uchun umumiy quvvati 20 gigavatt bo‘lgan loyihalar ishga tushiriladi. Ayni damda O‘zbekistonda 28ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Bular BAA va Xitoy ishtirokidagi quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda Tojikiston va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda qurilaligan GESlardir.
2. Bank-moliya sohasi. O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda davlat ulushi bo‘lgan banklarini ham xususiylashtirish boshlandi. Xususan, O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Ikkinchidan dunyoning yetakchi banklari O‘zbekiston moliya bozoriga kirib kela boshladi.
3. Foydali qazilmalar. O‘zbekistonda – mineral resurslar va oltin, mis, volfram, kumush, uranning va boshqa 30dan ortiq muhim metallar zahiralari mavjud. Yaqinda ushbu sohada halqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan “Yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun” qabul qilinadi. Ushbu xom ashyolarni qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif qilamiz, dedi prezident.
4. IT transformatsiya. O‘zbekiston kelajakda IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan. Buning uchun IT-park rezidentlari sonini 10 barobar ko‘paytirish, xorijiy kompaniyalar uchun Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi yaratish rejalashtirilgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonining “Data Volt” kompaniyasi bilan “yashil” energiya asosida ishlaydigan “Ma’lumotlar markazi” barpo etilmoqda.
5. Transport infratuzilmasini rivojlantirish. O‘zbekiston qulay va zamonaviy transport tizimlarini yaratishga intilmoqda. Xususan, temir yo‘l sohasida tub islohotlar olib borilmoqda.
"Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" hamda "O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston" halqaro temir yo‘llarini qurish bo‘yicha strategik loyihalar mintaqadagi geoiqtisodiy vaziyatni butunlay o‘zgartirib, Markaziy Osiyoni Shimol va Janub, Sharq va G‘arb bilan bog‘laydigan global tranzit markaziga aylantiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 2-3 may kunlari Toshkentda uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. 2022-yilda o‘tgan ilk forumga 56 ta mamlakatdan mingdan ziyod xorijiy mehmonlar kelgan. Shu yilning 3-may kuni prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi ham o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev, Toshkent xalqaro  investitsiya forumi. 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Hech bir mamlakat o‘tkir muammolarni yakka holda hal etolmaydi — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0