Putin Rahmonni G‘alaba bayramiga taklif qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tadjikistana E. Raxmon
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tadjikistana E. Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2024
Obuna bo‘lish
Putin va Rahmon mehnat migrantlari muammolarini sun’iy bo‘rttirib ko‘rsatishga qaratilgan urinishlarga qarshi turishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 3-may – Sputnik. Vladimir Putin Emomali Rahmonni G‘alaba bayramiga taklif qildi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Vladimir Putin telefon orqali suhbat chog‘ida Imomali Rahmonni MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishga taklif qildi”, — deyiladi xabarda.
Shunindek, davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning muhim masalalarini, jumladan, migratsiya masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, ushbu sohada tegishli organlar orasida hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Putin va Rahmon terrorizm, ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda huquq-tartibot idoralari va razvedka xizmatlarining hamkorligini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.
Jumladan, davlat rahbarlari so‘nggi paytlarda ayrim kuchlarning Rossiyaga, jumladan, Tojikistondan kelayotgan mehnat migrantlari bilan bog‘liq muammolarni sun’iy ravishda kuchaytirishga urinishlarini birgalikda bostirishga va xalqlar o‘rtasidagi vaqt sinovidan o‘tgan qardoshlik munosabatlariga putur yetkaza olmasligiga ishonch bildirishdi.
Yangiliklar lentasi
0