Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishOtdixayushie na podyemnike
Otdixayushie na podyemnike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2024
Obuna bo‘lish
Obyekt xalqaro darajadagi Rossiya-O‘zbekiston loyihasiga aylanadi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Qashqadaryo viloyati hokimligi Rossiya bilan hamkorlikda aroqon yo‘li quradi. Bu haqida Sputnik muxbiriga Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Olimxon Rustamov aytib berdi.

"Kitob tumanida, G‘ilon qishlog‘ida osma yo‘l qurmoqchimiz. Bugungi kunda rossiyalik tadbirkorlar xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda geologik sharoit va qiyaliklarni o‘rganish uchun bizga kelishdi. Biz ishchi guruh tuzdik, shu yilning may oyining oxiri yoki iyun oyining boshiga qadar mazkur loyihaning katta taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, shundan so‘ng qurilishini boshlaymiz”, — dedi u.

“Umuman olganda, biz rossiyalik investorlar bilan juda yaqin hamkorlik qilamiz. Yaqinda Toshkentda "Innoprom" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va unda biz 2024-2026 yillarda Qashqadaryo viloyatiga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha umumiy qiymati 300 million dollarlik kelishuvlarga erishdik.
Xususan, 2023-yilda biz Permning TORN kompaniyasi bilan hamkorlikda shartnoma tuzdik va transformatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdik. Joriy yilda esa 500 ga yaqin transformator sotishni rejalashtirganmiz.
Bundan tashqari, biz Perm viloyati bilan kabellar ishlab chiqarish uchun elektrotexnika sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdamiz.
Rossiya tomoni bilan mebel va yog‘och uylar ishlab chiqarish bo‘yicha ham kelishuvlarimiz bor”, — dedi u.
Yangiliklar lentasi
0