O‘zbekistonga rossiyalik sayyohlar soni 10 barobar oshdi — vazir o‘rinbosari

© Press-slujba Ministerstva ekonomicheskogo razvitiya RFRossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2024
Obuna bo‘lish
Bunga til to‘siqlari yo‘qligi, vizasiz rejim, haftasiga 250ta parvozlar mavjudligi va O‘zbekistodagi tarixiy shaharlar jozibadorligi sabab bo‘lmoqda — Volvach.
TOShKENT, 3-may – Sputnik. So‘nggi to‘rt yil ichida rossiyaliklar O‘zbekistonga 10 barobar ko‘p sayohat qila boshladi, dedi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach III Toshkent xalqaro investitsiya forumida.
“So‘nggi to‘rt yil ichida rossiyaliklarning O‘zbekistonga sayohatlari soni 10 barobardan ortiq – 37 mingdan 403 ming kishigacha oshdi, 2023-yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning umumiy hajmida rossiyalik sayyohlarning ulushi qariyb 33 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonlik sayyohlarning 2023-yilda Rossiyaga 800 mingdan ortiq sayohati amalga oshirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir”, — dedi Volvach.
U, shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyurishni xohlovchi rossiyaliklar sonining o‘sishiga sabab bo‘layotgan omillarni sanab o‘tdi. Xususan, vizasiz rejim, nafaqat poytaxtlar balkim boshqa yirik viloyatlar markazlarini bog‘lovchi parvozlar mavjudligi, Rossiya va O‘zbekiston orasida haftasiga 250 ta reys amalga oshirilmoqda.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik mehmonlar O‘zbekistonga til to‘siqlarining yo‘qligi, va YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy me’morchilik durdonalari hamda afsonaviy Samarqand, Buxoro va Xivaning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishish imkoniyatini o‘ziga jalb qilmoqda.

“Turistik, jozibador va zamonaviy sayyohlik mahsulotini yaratishda respublika rahbariyatining puxta tashkil etilgan siyosati muhim rol o‘ynaydi.

Volvach, shuningdek, MDH mamlakatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha ishlab chiqilgan strategiyada ichki bozorda sayyohlik oqimini faollashtirishdan tashqari, qo‘shma turizm mahsulotlari yaratish va uni jahon bozoriga olib chiqish ham nazarda tutilganini ma’lum qildi.
MDHda turizmni rivojlantirishga "Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi" ham yordam beradi. Ushbu tashkilot 2023-yil yozida Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston tog‘ kurortlari rahbarlari tomonidan imzolangan edi. Qirg‘iziston va Ozarbayjon ham yaqin kelajakda ushbu hujjatga qo‘shilish niyatida.
Yangiliklar lentasi
0