Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbolchilar O‘zbekistonga qaytib keldi

© NOKOlimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2024
Obuna bo‘lish
Timur Kapadze va jamoa sardori Jasur Jaloliddinov endilikda bor e’tiborlarini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikka qaratishlarini bildirishdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Qatar yashil maydonlarida o‘tgan U23 Osiyo kubogida munosib ishtirok etib, O‘zbekiston uchun jamoaviy sport turlarida tarixiy Olimpiada yo‘llanmasini taqdim qilgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
© NOKOlimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2024
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili

Futbolchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Marosimda O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
© NOKOlimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2024
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili
© NOKOlimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2024
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili
Odil Abduraxmanov futbolchilarni Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan tarixiy litsenziya bilan qutlab, prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Tabriknomaning asl nusxasi jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzega topshirildi. Timur Kapadze va jamoa sardori Jasur Jaloliddinov endilikda bor e’tiborlarini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikka qaratishlarini bildirishdi.
© NOKOlimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2024
Olimpiyskuyu sbornuyu Uzbekistana torjestvenno vstretili
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U23 Osiyo kubogida kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Futbolchilar finalda Yaponiyaga qarshi mardonavor bahs olib borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida "S" guruhidan o‘rin oladigan bo‘ldi. Olimpiadada guruh bosqichidagi taqvim:
1-tur, 24-iyul:
O‘zbekiston - Ispaniya
2-tur, 27-iyul:
O‘zbekiston - Misr
3-tur, 30-iyul:
Dominikan Respublikasi – O‘zbekiston.
Yangiliklar lentasi
0