Badiiy gimnastika: O‘zbekiston terma jamoasi OChda 17 ta medalni qo‘lga kiritdi

© NOK UzbekistanaToshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 17 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 17 ta medalni qo‘lga kiritdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin va 7 ta kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Toshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida (OCh) O‘zbekiston terma jamoasi 17 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi.
“3 kun davom etgan qiziqarli bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 ta oltin va 7 ta kumush medallariga sazovor bo‘lishdi”, — deyiladi xabarda.
Oltin medal (kattalar): Taxmina Ikromova (bulava, to‘p), 3 tasma va 2 to‘pdagi guruh mashqi, guruh mashqining ko‘pkurash dasturi O‘zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo‘yicha), yoshlar: 5 bulavadagi guruh mashqi, 5 halqadagi guruh mashqi, guruh mashqining ko‘pkurash dasturi, Lola Djurayeva (to‘p), Viktoriya Nikiforova (halqa).
Kumush medal (kattalar): Taxmina Ikromova (tasma), Natalya Usova (bulava), Taxmina Ikromova (ko‘pkurash), 5 halqadagi guruh mashqi, yoshlar: Mishel Nesterova (tasma), Sofiya Usova (bulava), O‘zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo‘yicha).
Dastlabki kun guruh mashqi dasturida qizlarning qo‘lga kiritgan oltin medali Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0