Yoshlar - ulkan kuch: Mirziyoyev yoshlarga Hukumat eshiklarini ochdi

© AP Photo / Anvar IlyasovO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 iyun O‘zbekiston yoshlari hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi. Bir tomondan, endilikda bu kun Yoshlar kuni sifatida bayram qilinishi aytilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Hukumat yoshlarga o‘z eshiklarini ochdi

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti tarixiy o‘zgarishlar sodir etilgan "Kamolot" YoIH IV qurultoyida qanday fikrlarni bildirdi, nimalar haqida gapirdi, kimlarni va nima uchun tanqid qildi?

Uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan uchrashuv

Shavkat Mirziyoyev gapni yoshlar bilan uchrashuvga uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko‘rib kelganidan boshladi. Yoshlar bilan teng bo‘lib, ular qalbidagi, yuragidagi o‘y-fikrlar, maqsad-muddaolar, kerak bo‘lsa, ushalmay turgan niyatlar bilan yaqindan tanishishni o‘z faoliyati uchun muhim deb hisoblashini ta’kidladi.

Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Prezident topshirig‘i bilan 23 yoshli yigit vazir o‘rinbosari bo‘ldi
Shuningdek, prezident avval boshdan yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tishi haqida ogohlantirdi: "yoshlar siyosati bo‘yicha olib borayotgan ishlarimizni tanqidiy baholab, tegishli qarorlar qabul qilishni o‘z faoliyatim uchun g‘oyat muhim deb hisoblayman".

Farovon hayot — mukammal tarbiyadan boshlanadi

O‘zbekiston rahbari yoshlar bilan uchrashuvda gapni tarbiyadan boshladi.

"Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda", — dedi prezident.

O‘zbekiston bolalari - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar va jinoyatchilik: Prezident ko‘targan muammoga yechim qidirib...
Shundan so‘ng Mirziyoyev donishmandlar bisotidan iqtibos keltirdi.

"Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi", deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", — dedi prezident va e’tiqod, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazayotgan xavflarni sanab o‘tdi.

"Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda", — dedi u.

Yoshlarni uyushtira olmagan "Kamolot"

Prezident butun insoniyatga putur yetkazayotgan xavf-xatarlar haqida gapirar ekan,  O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati qanday amalga oshirilyapti, bu sohada qanday muammolar bor, ularni qanday hal qilish kerak, bu borada yoshlar tashkilotining o‘rni qanday bo‘lishi lozim, degan savollarni o‘rtaga tashladi.

Kamolot YoIH faollari - Sputnik O‘zbekiston
"Kamolot" nega tugatildi?
"…nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz taqdiriga daxldor bo‘lgan "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining bugungi kuni va ertangi istiqboli barchamizni o‘ylantirishi tabiiy", — ta’kidladi prezident.

“Kamolot” amalga oshirgan bir qancha ijobiy ishlarni e’tirof etgan holda Mirziyoyev tashkilot faoliyatida jiddiy kamchilik va nuqsonlarni sanab o‘tdi.

Birinchi navbatda, "Kamolot" butun O‘zbekiston yoshlarini birlashtira olmaganligi aytib o‘tildi.

"…aksariyat a’zolar "Kamolot" to‘g‘risida aniq tasavvurga ega emas, uning maqsad va vazifalarini bilmaydi, o‘z yetakchilarini tanimaydi, Harakat faoliyatida ishtirok etmaydi.

Natijada yurtimizdagi minglab yoshlar, ayniqsa, qishloq joylarda nafaqat “Kamolot”ning, ayni vaqtda davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmoqda. Ular bilan hech kim deyarli shug‘ullanmayapti, ular o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, desak, achchiq haqiqatni tan olgan bo‘lamiz.

Buning oqibatida uyushmagan, ya’ni, ishlamaydigan, o‘qimaydigan, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, salbiy ta’sirlarga beriluvchi yoshlar soni ortib bormoqda.

Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryoda niqob taqib bosqinchilik qilish yo‘liga o‘tgan yoshlar qo‘lga olindi
Yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish, diniy ekstremistik oqimlarga, terrorchi guruhlarga qo‘shilib qolish holatlari ko‘payib borayotgani kuzatilmoqda.

2016 yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar o‘rtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati qayd etilgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi kerak", — dedi prezident.

Shuningdek,  zamonaviy kuchli bir tashkilotga aylantirish uchun o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilmagani qo‘shimcha qilindi.

Mirziyoyev rahbarlarga: siz kimni aldayapsiz?

O‘zbekiston prezidenti ayrim rahbarlar "Kamolot" uchun munosib sharoit yaratib berish o‘rniga ularga qo‘pol munosabatda bo‘lish, obro‘sini to‘kishni "ish uslubi"ga aylantirganini aytdi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar murojaatiga e’tiborsiz bo‘lgan hokim ishdan ketdi
O‘tgan yili O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan viloyat “Kamolot” harakati kengashiga Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tantanali ravishda yangi avtobus topshirilgani, lekin marosim tugashi bilan avtobus olib qo‘yilib, uning o‘rniga shalag‘i chiqqan eski transport vositasi berilgani yodga olindi.

"Aytinglar, bunday "o‘yin"lar, ko‘zbo‘yamachilik bilan biz yoshlarga qanday tarbiya berapmiz? Andijon viloyatining hokimi Sh.Abdurahmonov, siz bunga nima deysiz?", — savol berdi prezident

"Yoshlarga mana shunday bepisand, begona munosabatda bo‘lsak, oqibati nima bo‘lishi aniq – ular ham bizdan begonalashadi.  O‘qishdan, ishdan, jamiyatdan, davlatdan, boringki, hayotdan ko‘ngli sovib, xalqimiz iborasi bilan aytganda, qo‘lini yuvib, qo‘ltig‘iga uradi.

Sizlar rahbar bo‘lgan hududlarda yashaydigan yoshlar zerikkanidan nima qilishni bilmasdan, bemaza ishlarga berilishi, bezorilik, jinoyat yo‘liga kirishi, zararli oqimlarga qo‘shilib ketishi mumkinligi nahotki sizlarni bezovta qilmasa?! Yoshlar uchun barcha sharoitlarni muhayyo qildik, deb biz kimni aldayapmiz?

Shu munosabat bilan barcha katta-kichik rahbarlar qulog‘iga qo‘rg‘oshindek quyib olsin: biz endi sizlarning faoliyatingizga paxta yoki g‘allaga qarab emas, eng avvalo, sizlarning yoshlarga, yoshlarga oid davlat siyosatiga bo‘lgan munosabatingizga qarab baho beramiz", — dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston yoshlari uchun demokratik tashkilot

Prezident so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston sharoitida yoshlar tashkiloti qanday bo‘lishi kerak, degan masala tegishli rahbarlar, olimlar, ekspert va mutaxassislar, yoshlar vakillari bilan ko‘p bor muhokama qilingan. Bu borada jahon tajribasi, uzoq-yaqindagi turli davlatlar tajribasini o‘rganilgan.

O‘zbekiston bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
"Temurbeklar maktabi", Yoshlar kuni va yangi Davlat mukofoti haqida

"O‘zbekiston yoshlari rasmiyatchilikdan, kampaniyabozlikdan xoli, navqiron avlod manfaatlarining haqiqiy himoyachisi bo‘la oladigan demokratik yoshlar tashkilotini tuzish haqida o‘z xohish-istaklarini bildirishmoqda", — dedi Mirziyoyev.

"Mening nazarimda, bunday fikrlarda chuqur asos va mantiq bor. Bu taklifning afzalligi shundaki, u mamlakat yoshlarining barcha toifa va guruhlarini qamrab oladi, eng muhimi, ularni demokratik prinsiplar asosida birlashtiradi".

Prezident "O‘zbekiston yoshlarining chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot – O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etsak, nima deysizlar?", — deb taklif kiritdi.

Uyushgan yoshlarga imtiyozlar bisyor

Hamma hududlarda tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, shaharlarda esa kichik sanoat zonalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlardan ijara haqi olinmaydigan tartib joriy etiladi.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Kamolot" IV qurultoyida xorijda yurgan yoshlar masalasini ko‘tardi
Bundan tashqari, o‘z biznesini boshlayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda yuridik, texnik va boshqa maslahat yordamlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, tegishli iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining budjet mablag‘larini ikki barobar ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.

Hunarmandlik yo‘nalishidagi tadbirkor yoshlar, ayniqsa, qizlarning kasanachilik bilan band bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratib beriladi.

Jumladan, yosh hunarmandlarga xomashyo sotib olish uchun kreditlar berish, o‘z biznesini boshlagan yosh tadbirkorlar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badalini olingan kreditlarni qoplashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi.

Sinov tariqasida 11-yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tish munosabati bilan bo‘shaydigan kollej ustaxonalari negizida yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni 6 oygacha bo‘lgan muddatda bepul o‘qitish va kasbga qayta o‘qitish markazlari tashkil etiladi.

Ayni paytda qo‘liga diplom olib, mustaqil ish boshlayotgan yoshlar uchun ham qo‘shimcha imkoniyat va imtiyozlar yaratib beriladi.

2018 yilning 1-yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining birinchi marta ishga joylashgan bitiruvchilari bu imkoniyatlardan foydalanadi.  Ya’ni, ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo‘lmagan bo‘lsa, ularning ish haqidan olinadigan daromad solig‘i birinchi yili 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillarda esa 25 foiz kamaytiriladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va tumanlarda zamonaviy “Yoshlar kinoteatrlari”ni barpo etish ishiga bosh-qosh bo‘lishi uchun "O‘zsanoatqurilishbank" tomonidan 5-yil muddatga beriladigan imtiyozli kreditlar asosida alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish taklif etildi.

Yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan, bakalavriat va magistratura talabalariga o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ta’lim bo‘yicha shartnoma to‘lovi miqdorining 35-40 foizini tashkilot hisobidan to‘lash orqali moddiy yordam ko‘rsatish ham ko‘zda tutilmoqda.

Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir yosh yigit nufuzli lavozimga tayinlandi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3-5 yil va undan ko‘proq faol ishlab kelayotgan, ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish istagini bildirgan xodimlarning har yili 140 nafariga 25-30 foiz miqdoridagi boshlang‘ich to‘lov tashkilot mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Shuningdek, Yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini rag‘batlantirish, tashkilotning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tijorat banklarining 10-yil muddatgacha mo‘ljallangan, boshlang‘ich to‘lovi 15 foizlik imtiyozli kreditlari asosida ularga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Matiz” va “Damas” avtomobillarini shaxsiy mulk sifatida sotib olishda qulaylik yaratiladi.

Yana bir muhim masala – endi viloyat va tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshliqlarining yoshlar bo‘yicha o‘rinbosarlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan lavozimga tayinlanadi.

Mirziyoyev yig‘ilishni Hamid G‘ulomning go‘zal satri bilan yakunladi

Prezident o‘z nutqi so‘ngida yoshlarga murojaat qilar ekan, suhbat davomida keskin tanqidiy gaplar bo‘lganini ham qayd etib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident ijtimoiy tarmoqda o‘tiradigan yoshlarni tanqid qildi
"Tan olish kerakki, keskin tanqidiy gaplar ham bo‘ldi. Lekin bu gaplar qanchalik achchiq bo‘lmasin, ular haqqoniy gaplardir. Men o‘ylaymanki, biz bir-birimizni to‘g‘ri tushundik", — dedi prezident.

"Bugun mana shu muhtasham zalda to‘plangan siz, azizlarni, viloyat va tumanlarda videoaloqa orqali anjuman ishini kuzatib borayotgan yigit-qizlarimizni, barchangizning yonib turgan ko‘zlaringizni, azmu shijoatingizni, navqiron kuch-g‘ayratingizni ko‘rib, sizlar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, ochig‘ini aytsam, o‘zim ham yasharib ketgandek bo‘ldim.

Bugungi uchrashuvdagi ko‘tarinki ruh, baland kayfiyatni ko‘rgan har qanday odam beixtiyor mashhur shoirimiz Hamid G‘ulomning:

"Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi!" degan go‘zal satrini takrorlashi tabiiy, deb o‘ylayman.

Haqiqatan ham, biz, ota-onalar, ustoz va murabbiylar sizlarni, butun O‘zbekiston yoshlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz va sizlar hamisha xalqimizning mana shunday yuksak ishonchiga munosib bo‘lasiz, deb ishonamiz…

"Mana shunday ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tom ma’noda mamlakatimizdagi barcha yoshlarning tayanchi va suyanchiga aylantirish yo‘lida sizlarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, baxt va omad yor bo‘lishini tilab qolaman", — deb o‘z nutqiga yakun yasadi prezident.

"Men nima deyman, qo‘bizim nima deydi"

30 iyun O‘zbekiston yoshlari hayotida tarixiy sahifaga aylandi. Endilikda bu kun Yoshlar kuni sifatida bayram qilinishi aytilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Hukumat yoshlarga o‘z eshiklarini ochdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident OAV xodimlariga savol berdi
Prezident o‘z nutqi davomida tanqid bilan tilga olgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari (O‘zbekiston Xalq yozuvchisidan tortib, bozordagi tadbirkorgacha) yoshlarga berilgan ulkan vakolat va imtiyozlarni emas, balki "Yoshlar" telekanaliga rahbar etib tayinlangan Ozodbek Nazarbekovni muhokama qilishni afzal bildilar.

Aksariyat foydalanuvchilar postida "shu lavozimga mos jurnalist topilmadimi", degan fikr ko‘zga tashlandi.

O‘zi tadbirkor bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqda e’lon qilib boradigan "achchiq" hazillari, latifamonand luqmalari bilan "facebook yulduzi"ga aylanib borayotgan Dima Qayum Sputnik O‘zbekiston nashriga internetdagi shov-shuvga aylangan ushbu tayinlov haqida shunday dedi:

"Ozodbek Nazarbekovga kelsak, menimcha to‘g‘ri qaror. Buni qo‘llab-quvvatlash kerak. To‘g‘ri, ba’zilarga alam qilgan bo‘lishi mumkin, lekin Ozodbek ham xalq xizmatida yurgan san’atkor, u xalq dardidan xabardor", — dedi u.

To‘g‘ri, kimni yoki nimani muhokama qilish har kimning o‘z ixtiyorida, lekin mana shu birgina muhokamani misol qilib oladigan bo‘lsak, yoshlarning fikrlash doirasi, ongi, ijtimoiy faolligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati naqadar yuqori ekanligi ko‘rinib qoldi.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida OAV xodimlariga murojaat qilib: "Yoshlar hayoti, o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari, eng muhimi, ularni qiynayotgan masalalar, afsuski, radio va televidenie, gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini to‘liq topmayapti. Go‘yoki hamma narsa joyida, olam guliston. Agar hammasi joyida bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlar, jinoyatchilik, ishsizlik qayerdan paydo bo‘lyapti? Nega yoshlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bo‘layotgan amaldorlar haqida ommaviy axborot vositalari, avvalo, yoshlar matbuoti churq etmaydi?", deb savol bergandi.

O‘ylaymanki, OAV xodimlari O‘zbekiston rahbarining bu savollarini savol emas, balki o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda shijoat taqdim etgan da’vat sifatida qabul qiladilar.
Yangiliklar lentasi
0