Tojikiston va O‘zbekiston chegara masalasini hal qila oladimi

Pogranichnik na uchastke granisi
Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalasini yechish borasida barcha imkoniyatlarga ega, deb hisoblashmoqda ekspertlar

TOShKENT, 21 noya — Sputnik, Ilona Yarosh. O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida "chuqur o‘zgarishlar" yuz berdi, deb qayd etdi O‘zbekiston TIV. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston elchisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha bo‘lajak uchrashuvlar muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur masalani may oyida hal qilishga urinishgan, ammo ayrim savollar ochiq qolgandi. Navbatdagi uchrashuvdan barcha – qo‘shnilar, ekspertlar, eng asosiysi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ijobiy yechim kutishmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalalarida uchrashuv o‘tkazadi

"Chegara muammosini hal qilishda maqsadli tamoyillardan kelib chiqish lozim, maqsad esa insonlar hayot darajasini oshirishdir. Bu muammoni qo‘shni davlatlar bilan muntazam nizo sharoitida hal qilib bo‘lmaydi. Shu bois navbatdagi uchrashuv darhaqiqat chegara demarkatsiyasi jarayonini oldinga siljitishi mumkin, bunga xalaqit beradigan o‘ta prinsipial holatlar mavjud emas", —dedi tarixchi, siyosatchi, "Problemi natsionalnoy strategii" jurnali redaktori Ajdar Kurtov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Aslida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara bahslari anchadan buyon olib borilmoqda: 1990-yillarda ikki mamlakat bu mavzuda qattiq "janjallashib" qolgan va bir-birlariga achchiq qilib avval aviaqatnovlarni to‘xtatishdi, chegara oldidagi temir yo‘l uchastkasi ham buzib tashlandi.

Bu muammolar kelib chiqishida aybni SSSR hukumatiga ag‘darish ham mumkindek edi. Haqiqatan ham o‘sha davr hukumati ayrim hududlarni qo‘shi respublikalarga xo‘jalik yuritish uchun bergan, lekin ekspertning ta’kidlashicha, bundan maqsad muammo yaratish bo‘lmagan.

"Bolsheviklar Markaziy Osiyo chegaralarini britaniyalik mustamlakachilar singari qandaydir muammolar keltirib chiqarish uchun ataylab "kesib chiqishgan" degan fikr noto‘g‘ri. Chegaralarni optimal tarzda belgilab chiqish murakkab edi, buning ustiga bolsheviklar quyidagicha tamoyilda harakat qilishgan: ular millat masalasini hisobga olish o‘rniga markazida sanoati rivojlangan shahar bo‘lgan yangi davlat tuzumini tashkil etishga urinishgan", — deydi Kurtov.

Linii elektroperedachi v ushelye Chichkan v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston parallel energotizim ishini tiklaydi

Umuman olganda, bu nizolar boshlanganiga 20-yildan oshdi va hozirda hududni o‘zlashtirish yoki tarixiy xotiralar asosida bir-biriga yirik markazlarni berish haqida gap bormayapti. Tabiiyki, bunday murakkab jarayoni bir-ikki yil ichida hal bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda tahlilchilar.

Ammo davlat chegaralari masalalarini hal qilish uchun Tojikiston ham, O‘zbekiston ham yetarli kuch va resurslarga ega.

"Hozirda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida munosabatlar yaxshilanayotganligi ko‘zga tashlanmoqda. Albatta, suv-energetika masalasi hozircha kun tartibidan olib tashlangani yo‘q, lekin chegara masalasida shuni qayd etish joizki, Tojikiston uchun O‘zbekiston orqali temir yo‘ldan foydalanish alohida ahamiyatga ega, ayniqsa, respublika mintaqaning "boshi berk" joyida ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak. Tojikiston rivojlanishi haqida gap ketganida O‘zbekistonni qanday qilib aylanib o‘tish mumkinligini unchalik tushunmayman", —deb hisoblaydi MDH instituti direktori Vladimir Yevseyev.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon i Vrio Prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tojikistonga boradi

Aslida davlatlar ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishmoqda: aviaqatnov tiklandi, tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha muddaolar aytildi, ikki mamlakat IIVlari hamkorlik haqida kelishuv imzoladi. Demak, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari mustahkamlanishi va chegara masalasi ham yechilishiga umid qilsa bo‘ladi.

"Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mavjud barcha muammolarni hal qilsa bo‘ladi. Chegara bu ikki mamlakatni ajratish uchun qurilgan Buyuk Xitoy devori emas, u xalqlarni yaqinlashtirishga xizmat qiluvchi chiziq", — deydi Kurtov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasi uzunligi 1332,9 kilometrni tashkil etadi. Ittifoq parchalanganidan so‘ng tojik-o‘zbek chegarasining 20%ga yaqini hozirgacha delimitatsiya qilinmay kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0