O‘zbekiston uchun kurashda nega Janubiy Koreya g‘olib chiqdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Mun Chje In
Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada o‘zining eng uzoq davom etgan davlat tashrifini amalga oshirdi. To‘rt kun davomida prezident boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi Janubiy Koreyada qiymati 10 milliard dollardan ortiq 60dan ortiq hujjatlar imzolandi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Nima uchun Janubiy Koreya O‘zbekistonning azaliy hamkorlari – Rossiya va Xitoyni surib chiqardi va AQShdan o‘zib ketdi – bu haqda Sputnik muxbiri mulohaza yuritadi

Oqilona mo‘ljal

Janubiy Koreyaga tashrif Shavkat Mirziyoyev uchun ilk xorijiy safar emasdi. Prezident bunga qadar mintaqadagi asosiy geosiyosiy ishtirokchilar – Rossiya, Xitoy, AQSh va Turkiyaga hamda mintaqa davlatlari – Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘izistonga tashrif buyurgandi. Barcha tashriflar davomida milliardlab dollarlik loyihalarni amalga oshirish, savdo va hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Ammo bu kelishuvlarni ilgaridan kutilgan deb aytish mumkin. Ko‘plab hujjat imzolashni xush ko‘radigan Xitoy o‘z pullarini O‘zbekiston orqali o‘z ishlab chiqarishiga qayta investitsiya qilishni ko‘zlagan. Masalan, Xitoy kompaniyalari kichik va o‘rta GESlar qurilishi bilan shug‘ullanmoqda, geologik razvedkani faollashtirmoqda, qurilish materiallari, kimyo ishlab chiqarishi sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etmoqda, "Xavfsiz shahar" tizimi unsurlarini yaratmoqda.

Bunda bir narsani tushunish muhim, o‘zbek hukumati Xitoyning yumshoq iqtisodiy istilosiga ehtiyotkorona yondoshadi va sherigining kelajakda xo‘jayinga aylanib qolmasligi uchun hamkorlik yo‘nalishlarini o‘zi belgilaydi. Bundan tashqari, Xitoy xalqaro maydonda, xususan, qo‘shnilar bilan nizolarda o‘zini faol namoyon qilmoqda, O‘zbekiston esa o‘zgalarning janjaliga aralashmaslikni ma’qul ko‘radi.

Respublika Rossiya bilan munosabatlarda yangi uyg‘onish davrini boshidan kechirmoqda. Lekin ijobiy o‘sishni e’tirof etgan holda yana bir narsani qayd etish joiz, shimoldagi "katta og‘a"ning ham o‘z tashvishlari yetarli. Shu bois u O‘zbekistonga zarur darajada vosita va e’tibor ajrata olmaydi. Bundan tashqari, Rossiyaga tashrif davomida imzolangan aksariyat shartnomalar ortida davlat emas, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiyadagi biznesmenlar turibdi.

BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun - Sputnik O‘zbekiston
Pan Gi Mun Mirziyoyevga Koreya bilan aloqalarni rivojlantirayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

Janubiy Koreya bu borada moliyaviy imkoniyatlar va umumiy mentalitet ajoyib tarzda qorishgan, ko‘plab ijobiy jihatlarga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanadi.

Birinchidan, bu davlat Xitoy, Rossiya, AQSh va Turkiya kabi global geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlamaydi. To‘g‘ri, koreyaliklarning o‘z milliy manfaatlari mavjud, lekin ular boshqa davlatlarning ishlariga aralashishmaydi, dunyoda yakkahokim bo‘lishga yoki boshqa mamlakatlarni iqtisodiy qaram qilishga intilishmaydi. Bu esa O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov milliy miqyosdagi strategik loyihalarni amalga oshirishni ishonib topshirgan yagona davlat nima uchun aynan Janubiy Koreya bo‘lganligini tasdiqlaydi. Karimov hamkor tanlashda qanchalik ehtiyotkor bo‘lganligini esa uzoq vaqt davomida kalta arqonda tutib turilgan o‘sha Turkiya, Rossiya, AQSh va Xitoy yaxshi biladi.

Eng avvalo modernizatsiya

Janubiy Koreya bugungi kunda O‘zbekistonning nafaqat asosiy investorlaridan biri, balki milliy iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimini zamonaviylashtirish va raqamlashtirishdagi yetakchi hamkori hamdir.

Aynan Janubiy koreyalik ekspertlar mamlakat "elektron hukumati"ni qurishni boshlashgandi va bu ishni davom ettirishmoqda. Koreya davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirining birinchi o‘rinbosari Kim Nam Sok to‘rt yil davomida respublikada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari sifatida, yana bir ekspert Li Chul Su esa Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

Noviy zamestitel generalnogo direktora Sentra po koordinatsii  i razvitiyu rinka sennix bumag gospodin DjungSong Choi - Sputnik O‘zbekiston
Koreya fuqarosi O‘zbekistonda yuqori lavozimlardan birini egalladi

Yaqinda esa yangi tayinlovlar haqida ma’lum qilindi. Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi bo‘ldi, ekspert Jung Song Choi esa qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bularning barchasi esa o‘zbek hukumati koreyaliklarni davlat boshqaruvining asosiy bo‘g‘inlariga kiritishdan qo‘rqmasliklarini bildiradi. Va bu hamkorlik yanada mustahkamlanadi, zero aynan LG CNS Uzbekistan O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi o‘zbek jamiyati hayotining turli sohalarini raqamlashtirishni modernizatsiya qilish bo‘yicha qator strategik loyihalarni amalga oshiradi.

Koreya Respublikasi O‘zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yetakchi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2016-yil yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar almashuv hajmi bir milliard dollardan oshdi. Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi davlatlar bilan tovar almashuvida O‘zbekistonning hissasi deyarli 50 foizni tashkil etadi.

Dobicha zolota - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya O‘zbekistonda oltin qazish bilan shug‘ullanadi

Janubiy Koreya albatta barcha moliyaviy resurslarini butun dunyo baxtli bo‘lishi uchun sochib tashlashga tayyor xayriya tashkiloti emas. U O‘zbekistonda nafaqat o‘z mahsulotlarini mintaqa va uning tashqarisida sotish uchun tayanchni, balki jadal Koreya iqtisodiyoti uchun zarur xom ashyo resurslari va ishchi kuchini ham ko‘radi.

Shu bois koreyaliklar O‘zbekistonda kremniy va volfram konlarida ish olib borishmoqda, texnik kremniy ishlab chiqarish bo‘yicha ikkita zavodni ishga tushirishdi,"Sautbay" koni negizida volfram qazish bilan shug‘ullanadigan MDHdagi eng yirik majmuani qurishmoqda. Mirziyoyevning tashrifi natijalari orqali koreyaliklar yangi loyihalarga ega bo‘lishdi. Ular nafaqat yangi maydonlarda neft va gaz qidirish bilan shug‘ullanishadi, balki strategik oltin konlarini o‘rganish va ishlab chiqish bilan ham shug‘ullanishadi.

Bundan tashqari, o‘zbek uranini yetkazib berish bo‘yicha ham savdo kelishuvi imzolandi. Tomonlar kelishuv tafsilotlarini ma’lum qilmadi, lekin shunisi aniqki, u uzoq muddatli shartnoma hisoblanadi. O‘zbekiston zamonaviy neft-gaz sanoatining yalovbardori – Janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida bunyod etilgan Usturt gaz-kimyo majmuasini ham unutmaslik lozim.

Mehnat migratsiyasi yo‘nalishidagi hamkorlik ham tomonlar uchun muhim sanaladi. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga mehnat migrantlarini jo‘natish huquqiga ega kam sonli davlatlardan biriga aylangan. 2007-2017 yillarda erkin yollash tizimi bo‘yicha 27 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatga ishga jo‘natilgan. Hozirda Janubiy Koreyada 16,5 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar mehnat qilmoqda.

Mnogoyarusnie transportnie razvazki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Janubiy Koreya shahar transportini boshqarish tizimi o‘rnatiladi

Koreyaliklar Toshkent markazida qiymati 1,4 milliard dollarlik innovatsion shaharcha barpo etishi ham ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida 60 gektardan ortiq maydonda ulkan majmua bunyod etiladi. Bu yerda xususan, yuqori texnologiyalar asosida zamonaviy ofis va turarjoy binolari, ko‘ngilochar-savdo maydonlari quriladi.

Yana bir ulkan loyiha esa mintaqa va MDH davlatlari bozorlarini qamrab olishi rejalashtirilgan yangi avtomobil zavodi qurilishidir. Respublikada Hyundai avtomobillari turkum ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Zavodda kichik, o‘rta va og‘ir hajmdagi yuk mashinalari, shahar ichi, shaharlararo va turistik avtobuslar, maxsus avtomobillar ishlab chiqariladi. Loyihaning umumiy qiymati 200 million dollarni tashkil etadi.

Madaniy yo‘nalish

O‘zbekiston taqdir taqozosi bilan ko‘plab koreyaliklarning vataniga aylanganligi ham ikki davlatning mustahkam munosabatlarida o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Mirziyoyev: kajdaya strana SA formiruyet budushee regiona - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyov koreyslar O‘zbekistonda yashayotganining 80-yilligi bilan tabrikladi

O‘zbekiston ravnaqida ko‘p sonli koreys diasporasi ham muhim o‘rin tutadi, diaspora vakillari orasida respublikaning har ikki palatasi a’zolari bor, davlat tuzilmasidagi yuqori lavozimlarda ishlab kelishmoqda. Masalan, Valeriy Tan O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasini 15-yil davomida boshqardi, Agrepina Shin esa yaqindagina tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vaziri etib tayinlandi. Umuman olganda, MDHda eng yirik koreys diasporasi respublikada bo‘lib, ularning soni 180 ming kishidan ortiq va soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Bu fakt madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkentda Janubiy Koreyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri – Inxa universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda. Kelgusida yana bir nechta – Inxa universiteti Tibbiyot maktabi, Yoju texnologiya universiteti va boshqa o‘quv dargohlari ochilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0