Buxoro Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulmon mamlakatlardagi shaharlardir

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Islom hamkorlik tashkiloti madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasida 2020-yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot-xizmatiga xabar berdi.

Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston prezidenti Buxoro davlat universitetida ma’ruza qiladi
Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulmon mamlakatlardagi shaharlardir.

2007 yil Toshkent shahri Islom hamkorlik tashkilotining (ISESCO) "Fan, ta’lim va madaniyat" tuzilmasi tomonidan Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan edi.

Tashkilotdagi madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasi tomonidan 2020-yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida tasdiqlangan.

"Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti bo‘lib kelgan. Uning "Qubbatul Islom", ya’ni "Islom gumbazi" deb nomlangani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu shaharning Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etilishi asrlar davomida ushbu shahar va undan chiqqan olimlarning Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yana bir bor tasdig‘i hisoblanadi", — deb ta’kidlangan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0