Yulduz Usmonova yilning eng yaxshi "estrada xonandasi" bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Yilning eng yaxshi erkak xonandasi sifatida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov e’tirof etildi

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova "Yil estrada xonanda"lari bo‘lishdi, deb xabar qildi "Xabar" axborot-tahliliy portali.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san’at sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti 34 nafar ijodkorga topshirildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Lik-lik" - xalq artisti": ijodkor ziyolilar davrasida Mirziyoyev aytgan yorqin jumlalar
O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova "Yil estrada xonandasi" nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva "Yil an’anaviy qo‘shiq ijrochisi" nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva "Sahnamiz farishtasi", O‘zbekiston xalq artisti, rejissor Bahodir Yo‘ldoshev "Yil rejissori" nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha san’at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan jami 34 ijodkorga ushbu sovrin topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0