O‘zbekiston o‘ziga dengizga yo‘l ochayapti

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishV rayone ostrova Shikotan
V rayone ostrova Shikotan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bandar-Abbos, Poti, Batumi, Ilichevsk, Mersin, Boltiqbo‘yi va Qora dengiz hamda Uzoq Sharq bandargohlariga chiqishni mo‘ljallamoqda

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Joriy yil noyabr oyigacha eksport qilinadigan asosiy yuklarni qator hududlar orqali temir yo‘l transportida tranzit tashishda tarif preferensiyalarini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.

Flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Eron yuklarni tranzit orqali tashishni muhokama qilmoqda
Bu haqida "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturi loyihasida belgilab o‘tildi.

Jumladan, Turkmaniston va Eron hududlari orqali — Bandar-Abbos bandargohiga va keyinchalik Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga, Ozarbayjon va Gruziya hududlari orqali — Qora dengizdagi Poti, Batumi va Ilichevsk bandargohlari, O‘rta Yer dengizidagi Mersin bandargohiga, keyinchalik Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga, shuningdek, Marmaray dovoni orqali Yevropa Ittifoqi davlatlariga, Qozog‘iston va Rossiya hududlari orqali — Boltiqbo‘yi va Qora dengiz hamda Uzoq Sharq bandargohlariga chiqish uchun choralar ko‘riladi.

Hujjatda tegishli davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaatlar yuborish; masalalarni ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar davomida ko‘rib chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni aniq belgilash; chet el davlatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari vakillarini keng jalb qilish; loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash, xorijiy davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish kabilar nazarda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0