Moldovalik firibgarlar O‘zbekistondan chiqarib yuborildi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki
Sotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moldova fuqarolari Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida joylashgan mehmonxonalarda o‘tkazilgan reydlar davomida aniqlanib, ularga nisbatan Olmazor tuman sudi ularni respublika hududida chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun 11 nafar Moldova va 1 nafar Ukraina fuqarolari sud qaroriga ko‘ra respublikadan chiqarib yuborildi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda firibgar xorijlik olibsotarlar qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, ushbu fuqarolar Toshkent shahar va Toshkent viloyatida mehmonxonalarda o‘tkazilgan reydlar davomida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xorijliklar Toshkent shahrida joylashgan mehmonxonada vaqtincha yashab, Chilonzor tumanidagi "Abu Saxiy" bozoridan oshxona anjomlari, idish-tovoq komplektlari va shu kabi boshqa buyumlarni arzon narxlarda sotib olib, ularni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda supermarketlarda go‘yoki mazkur buyumlar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligini bildirib, xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari ma’lum bo‘lgan.

"Toshkent shahar Olmazor tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun ularni respublika hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi", — deydi RIA Novosti.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu xorijiy fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining tegishli bandida qayd etilgan huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalar tuzilgan. Respublikadan chiqarib yuborish bilan birga, ushbu modda 50 baravardan 100 baravargacha (1,07 mingdan 2,14 ming dollargacha) ma’muriy jarima qo‘llanishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0