Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar mingan avtobus yonib ketdi – 52 kishi qurbon bo‘ldi

© AP Photo / Leo CorreaGorashiy avtobus
Gorashiy avtobus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtobusda umumiy hisobda 57 kishi bo‘lgan, faqat 5 kishi yong‘indan qochishga ulgurgan.

ShKENT, 18 yanv – Sputnik. Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida avtobus yonib ketdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan nashri Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vakli Ruslan Imankulov xabariga asosan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 18-yanvar soat 10:30 da Aqtobe viloyatining Irgiz tumanida “Samara – Shimkent” yo‘lining 1068 kilometrida,  Kalibay posolkasidan 10km masofada avtobus yonib ketgan.

“Avtobus salonida 55 yo‘lovchi va ikki nafar haydovchi bo‘lgan. Ularning fuqaroligi aniqlanmoqda. Yong‘indan qutulib qolgan 5 nafar yo‘lovchiga Qozog‘iston FVVsining tibbiy-qutqaruv bo‘limi tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda. Qolgan 52 kishi fojea joyida qurbon bo‘lgan”, — deyilgan Imankulov xabarida.

Aqtobe viloyati FVV Departamentida tezkor shtab faoliyat ko‘rsatmoqda. Psixiologik yordam xizmati ishlab turibdi. Aloqa uchun telefonlar:  +7 7132 56-29-62, +7 7132 56-68-85.

So‘nggi damda olingan ma’lumot: Qozog‘iston IIV vakili Sputnik muxbiriga telefon orqali qurbon bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari ekanligini tasdiqladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda dastlabki fojea joyida olingan dastlabki video paydo bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0