O‘zbekiston Bosh vazirining yangi qarori e’lon qilindi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya bo‘limi negizida Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan 14-mart kuni imzolandi

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Lex.uz saytida Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya bo‘limi negizida Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan 14-mart kuni imzolangan.

Xospis - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda saratonga chalingan bemorlar uchun xospislar quriladi
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

angionevrologiya sohasida muvofiqlashtirish markazi funksiyalarini amalga oshirish, miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirish;

malakali angionevrolog mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda ko‘rgazmali operatsiyalar, ta’lim beruvchi ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish;

miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy etish yo‘li bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlarni davolash;

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Sog‘liqni saqlash tizimini mutlaqo o‘zgartirish - davr talabi
surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalligiga chalinish bilan bog‘liq holatlarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda O‘zbekiston Respublikasida insult kasalligi milliy registrini ishlab chiqish.

Markaz Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi hududida joylashtiriladi.

Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklandi.

Yangiliklar lentasi
0