Samarqand viloyatida yoppasiga kadrlar almashuvi: 6 hokim va bir vazir o‘rinbosari ishdan ketdi

© Sputnik/Viktor TolochkoHujjatlar
Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev har bir chiqishida odamlarni rozi qilish, ularning dardu tashvishlarini yengilashtirish har bir rahbar faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozimligini ta’kidlasada, ffsuski, bu talabni hamma yetakchilar ham anglab yetmayapti, deyilgan hokimlik matbuot-xizmati xabarida

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Samarqand viloyatida 6 hokim va bir vazir o‘rinbosari lavozimdan olindi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand, Bulung‘ur, Toyloq, Paxtachi tumanlari hamda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tgan. Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rildi va hududlarga tayinlangan yangi rahbarlar tasdiqlangan.

Xokimiyat Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Hokimlik va idoralarda ijro va mehnat intizomi bo‘shashib ketgan

"Prezidentimiz har bir chiqishida alohida ta’kidlaganidek, odamlarni rozi qilish, ularning dardu tashvishlarini yengilashtirish har bir rahbar faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozim. Afsuski, bu talabni hamma yetakchilar ham anglab yetmayapti yoki zamon talabi, shiddatiga mos faoliyat ko‘rsata olmayapti. Hududlarda mavjud imkoniyat va salohiyatdan samarali foydalanilmayapti", — deb aytib o‘tilgan hokimlik xabarida.

Shu tariqa, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi T. Jo‘rayev qaroriga ko‘ra:

— Nurqulov Abdumajit Alibekovich Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. Nurqulov o‘z arizasiga binoan ishdan ketganligi qo‘shimcha qilingan.

Samarqand viloyati hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib Qurbanov Kamalidin Musayevich tayinlangan.

— Qurbanov Kamalidin Musayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Paxtachiga hokim etib Raximov Vohid Sanaqulovich tayinlangan.

— Kadirov Botir Mamirovichni o‘z arizasiga muvofiq Samarqand tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rnini Jamolov Shuhrat Urakovich egallagan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miriziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Kadrlar almashuvi: Mirziyoyev Hukumat tarkibida yangi o‘zgarishlarni amalga oshirdi
- Axmedov Pulat TO‘ychiyevich Samarqand viloyati Toyloq tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga shu vaqtgacha Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Sadullayev Bahodir Safiyulayevich tayinlangan.

— Bir vaqtning o‘zida Bahodir Sa’dullayev Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi lavozimidan ozod etilgan. Kattaqo‘rg‘on hokimi etib Xashimov Muzaffar Kazimovich tayinlangan.

— Raximov Vohid Sanaqulovich Samarqand viloyati Samarqand shahar hokimi lavozimidan ozod etilgan; Samarqand shahar hokimi etib Bulung‘ur tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Raximov Furqat Jalolovich tayinlangan.

— Raximov Furqat Jalolovich Bulung‘ur tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hokimi etib Baxramov Baxodir Abdullayevich tayinlagan.

Yangiliklar lentasi
0