Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi 2018-yilda nelarga tayyor turishi kerakligini aytdi

© Pres-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zimiz o‘zimizga xiyonat qilmasak, halol-pok bo‘lib mehnat qilsak ko‘zlagan maqsadimizga yetamiz", dedi O‘zbekiston rahbari

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Joriy yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilda O‘zbekiston xalqi nimalarga tayyor bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.

Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlardagi elchilarga alohida topshiriq berdi
"2018 yil biz uchun oson bo‘lmaydi, bu yilgidan ham qiyin bo‘ladi. Ammo tosh kelsa kemirib, suv kelsa simirib bo‘lsa ham tanlagan yo‘limizdan qaytmasligimiz shart. Chunki bugun gap xalqimiz taqdiri, bolalarimizning ertangi kundagi kamoli haqida bormoqda. Shu bois belimizni mahkam bog‘lab ishlashimiz kerak", — dedi Mirziyoyev.

Prezidentning ushbu so‘zlarini yig‘ilish ishtirokchilari davomli olqishlar bilan qarshi oldilar.

"O‘zimiz o‘zimizga xiyonat qilmasak, halol-pok bo‘lib mehnat qilsak ko‘zlagan maqsadimizga yetamiz", dedi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev o‘z nutqi yakunida O‘zbekiston xalqiga sog‘lik-salomatlik, farzandlar va vatan kamolini ko‘rishlik nasib qilishini tiladi.

Yangiliklar lentasi
0