2018 yilda O‘zbekistonni nimalar kutmoqda?

Obuna bo‘lish
Davlat tizimlari, shaharlar qiyofalari o‘zgaradi, davlat funksiyalari kamaytiriladi, insonlar erkinroq nafas oladi, nihoyat bilim va aql ham o‘z qadrini topadi

O‘zbekiston prezidentining parlamentga murojaatnomasidan kelib chiqqan holda yangi yilda O‘zbekistonni kutayotgan o‘zgarishlar haqida fikrlarni bildirib o‘tamiz.

Demak, birinchi galda, davlat tizimlari, shaharlar qiyofalari o‘zgaradi, davlat funksiyalari kamaytiriladi, insonlar erkinroq nafas oladi, nihoyat bilim va aql ham o‘z qadrini topadi;

Devushka stavit novie avtomobilnie nomera - Sputnik O‘zbekiston
1 yanvardan avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tadbirkorlarga topshirildi
- ichki ishlar, milliy xavfsizlik va mudofaa tizimlarining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritiladi;

— bir necha agentliklar, qo‘mita, inspeksiya va markazlar qisqartirilib, ayrim vazirliklar tarkibiga kiritiladi;

— davlat xizmati xodimlariga haq to‘lash masalasi ko‘rib chiqilib, ularning ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish choralari ko‘riladi;

— davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalar tashkil etish cheklanib, bozor mexanizmlari rivojlantiriladi, davlatning ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi (avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kabi);

— mamlakatda mahalliy hokimliklar organlarining vakolatlari va mas’uliyati oshiriladi, davlat boshqaruvidagi haddan ortiq markazlashtirishdan voz kechiladi;

— davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlariga o‘zgartirish kiritiladi, ularning ochiqligi ta’minlanadi va ushbu xaridlarni amalga oshirish maqsadida internetda yagona portal yaratiladi;

Davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechiladi
- tintuv o‘tkazish va jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarning telefondagi muloqotini eshitishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi;

— hibsga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarni qiynoqqa solish, ularga bosim o‘tkazishni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Xususan, vaqtincha saqlash hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalariga videokuzatuv o‘rnatiladi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmatining barcha xodimlari videokuzatuv bilan ta’minlanadi;

— viloyatlar orasidagi yo‘l-patrul xizmati postlari olib tashlanadi;

— tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi 10 mlrd. kub metrga oshiriladi;

— tadbirkorlik subyektlari 2-yilga barcha tekshiruvlardan ozod qilinadi;

— soliq siyosatini amalga oshirishda keskin choralar ko‘rilmaydi;

Rabota investitsionnoy kompanii  v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vaziri: kelasi yil inflyatsiya darajasi yuqori bo‘ladi
- soliq imtiyozlarini berishda individual yondashuvdan ovoz kechilib, ularni ma’lum tarmoqlar uchun qo‘llash amaliyoti joriy etiladi;

— Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish borasida muzokaralar o‘tkaziladi;

— genetik modifikatsiya qilingan mahsulotlarni yetishtirmaslik choralari ko‘riladi;

— "Toshkent — Urganch — Xiva" tezurar poyezdi va "Toshkent — Samarqand — Buxoro — Urganch — Xiva" turistik poyezdi yo‘lga qo‘yiladi;

— 2 mingta ijtimoiy dorixona qurilib, ishga tushiriladi;

— 46 ta perinatal markaz tashkil etiladi;

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga tabrigi
- 2 ming kilometrlik shisha-tolali aloqa tizimi yotqiziladi;

— intellektual va madaniy salohiyatga alohida e’tibor qaratiladi, bunda nodir qobiliyat egalari qo‘llab-quvvatlanadi, intellektual mulkka milliy boylik sifatida e’tibor qaratiladi;

— xorijdagi vatandoshlar bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi, bunda ularning Vatanga bemalol kelib-ketishi va mamlakat taraqqiyotida ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutiladi;

— arzon va sifatli uylar qurish ishlari 2017-yilga nisbatan 1,5 barobarga oshiriladi;

— 2018 yildan boshlab, shahar va qishloqlarning qiyofasi o‘zgara boshlaydi. Har bir bino va inshootni loyihalashtirishga innovatsion yondashuv talab etiladi, bunda eski qoliplardan ovoz kechiladi.

2018 yilda shu va shu kabi boshqa qator o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda. Hech bo‘lmaganda ushbu o‘zgarishlar uchun zamin hozirlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi yil O‘zbekiston uchun inqilobiy o‘zgarishlar yili bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0