Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan "Toshkent anjumani" o‘tkazishni taklif qildi

© Mejdunarodniy press-klubMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yil mart oyining oxirida Toshkentda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan katta anjuman bo‘lib o‘tishi mumkin.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashida 19  yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo va Afg‘onistonga bag‘ishlangan debatlarda  O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov so‘zga chiqdi.

So‘z boshida Kamilov, ushbu debatlar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan Qozog‘iston Respublikasiga minnatdorlik bildirdi.

Undan so‘ng vazir O‘zbekiston prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida so‘zlagan nutqiga asoslangan holda, O‘rta Osiyo barqarorligining asosiy sharti Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatish ekanligini aytib o‘tdi.

“Bugungi kunda Afg‘oniston ichida mavjud qarama-qarshilikning yagona yechimi bu – tinchlik yo‘lini tanlashdir.

Vaqt shuni ko‘rsatmoqdaki, markaziy hukumat va barcha ichki siyosiy kuchlar orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat, dastlabki shartlarsiz, afg‘onistonliklar boshchiligida, BMTning faol ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak.

Bizning fikrimizcha, ayni damda ushbu davlatda tinchlik o‘rnatish jarayonini ishga tushirish uchun quylay sharoit paydo bo‘lmoqda.

Ushbu jarayonning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha turli fikrlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, xalqaro hamjamiyatda “Tolibon” bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish kerakligini anglash va Afg‘onistonning qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy aloqalar o‘rnatishini qo‘llab-quvvatlash tobora o‘sib ormoqda.   

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi, Yevroosiyo qit’asidagi barcha mamlakatlarga foydali bo‘ladi. Avtomobill yo‘llari va quvurlar qurilishi hamda barcha yo‘nalishlarda hududiy va hududlararo savdo-sotiq miqdori oshadi.

Buning uchun:

Birinchidan, Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikning asosiy masalalari bo‘yicha keng xalqaro konsensusga (kelishuv) erishish kerak

Ikkinchidan, markaziy hukumat va qurollangan muxoldifatning asosiy kuchlari orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat orqali umummilliy yarashish o‘rnatish kerak.

Aynan ushbu maqsadda, O‘zbekiston va Afg‘oniston birgalikda 2018-yil mart oyining oxirida Toshkentda “Afg‘oniston – tinchlikka yo‘l” mavzusida konferensiya o‘tkazish tashabbusi bilan chiqmoqda.

Ushbu anjuman 2018-yil fevral oxirida Qobulda bo‘lib o‘tadigan tinchlik muzokaralarining mantiqiy davomiga aylanishi kerak.

O‘zbekiston bu borada o‘z tajribasiga ega. 1999-yilda Toshkentda “6+2” formatida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Unda Rossiya va AQSh hamda Afg‘oistondagi muxolifatchi kuchlar vakillari ishtirok etgan edi.

Toshkentdagi anjumanning asosiy maqsadi – Afg‘oistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining asosiy tamoyillarini belgilab olish hamda hukumat va muxolifatchi kuchlar orasida tinchlik jarayonini “boshlab yuborish” mexanizmini ishlab chiqish kiradi.

“Toshkent anjumani”ning yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida  unga, afg‘onistonlik hamkorlarimiz fikrini inobatga olgan holda,  BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni, BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili YeI tashqi ishlar va xavfsizlik bo‘yicha bosh vakili, Rossiya, Xitoy, AQSh, Hindiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlarini taklif etamiz.

Ushbu tashabbus jahon hamjamiyatining Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va barqaror rivojlanish o‘rnatishga bo‘lgan qat’iyatini yana bir bor tasdiqlaydi”, — dedi Kamilov.  

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0