O‘zbekistonda ko‘chmas mulk “qora maklerlar” nishonida

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida o‘tkazilgan izlanish, ushbu sohada oxirgi yillar davomida kuzatilgan ijobiy rivojlanishga qaramasdan, qator muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi.

 

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Oxirgi yillar davomida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida o‘tkailgan izlanish, ushbu sohada qator muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Ilmiy ish haqida qisqacha sharh qo‘yida chop etilgan.

Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi tadqiqotlar Markazi tomonidan chop etilgan ushbu monografiyada O‘zbekiston va xorijiy davlatlar ko‘chmas mulk bozoriga bag‘ishlangan birinchi ilmiy ish bo‘ldi.

“Monografiyada ko‘chmas mulk bozorining bugungi kundagi ahvoli chuqur tahlil qilingan holda, uning nazariy va amaliy tomonlari o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, bozor munosabatlarining ushbu sohasini faoliyat ko‘rsatish mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha konseptual takliflar keltirilgan”, — deyilgan xabarda.

Mualliflar sohada mavjud bo‘lgan muammolar orasida uning faqat davlat tomonidan nazorat qilinishi, mavjud bo‘lgan yerlarning aksariyati davlat tasarrufida qolayotgani va rieltorlar uyushmalari sohada hech qanday rol o‘ynamayotgani haqida aytib o‘tishgan.

Shuningdek, ilmiy ishda viloyatlar va poytaxtda ko‘chmas mulk bozorining turlicha rivojlangani va ko‘chmas mulkni sug‘urtalash xizmatlari sohasining sust rivoji ham aytib o‘tilgan.  

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorida “qora maklerlar” ham o‘zlarining salbiy rolini o‘ynamoqda. Ilmiy ishda aytilishiga ko‘ra, aynan shunday ro‘yxatdan o‘tmagan “qora maklerlar” ko‘chmas mulk bozorining katta qismini nazorat qilmoqda. Turli ruxsatnomalar va rasmiy ishlash huquqiga ega bo‘lmagan “qora maklerlar” qonuniy ishlayotgan rieltorlar bilan yonma-yon faoliyat ko‘rsatmoqda.

Olimlar fikriga ko‘ra, bunday noqonuniy faoliyat bilan kurashish uchun litsenziyasiz ishlagan rieltorlarga jarima miqdorini oshirish, turli komissiyalar tekshiruvi tashkil qilish, namunali shartnomalar ishlab  chiqish va ulardan foydalanish hamda Rieltorlar Assotsiatsiyasi tomonidan nazoratni kuchaytirish kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0