GFP: O‘zbekiston armiyasi O‘rta Osiyoda eng kuchli

© IA "Jaxon"Voyennoslujashie armii Uzbekistana
Voyennoslujashie armii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Global Firepower tahlil markazi yana bir bor dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatini tuzdi. Unda O‘zbekiston qurolli kuchlari 127 mamlakat orasida 48 o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Global Firepower o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston qurolli kuchlari jangovar xususiyatlari bo‘yicha O‘rta Osiyoda birinchi o‘rinda ekan.

Global Firepower tuzgan reytingdan  127 mamlkat o‘rin olgan. Birinchi uchlik AQSh, Rossiya va Xitoyga tegishli. Ukraina — 30, Belorussiya — 50, Qozog‘iston — 53, Qirg‘iziston — 109, Tojikiston — 112 o‘rinlarni egallagan.

Global Firepower Index, ya’ni mamlakatning umumiy harbiy quvvati bir necha ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi. Ular orasida harbiy xizmatga qodir aholi soni, yerda va osmonda jang qiladigan harbiy texnika turlari va soni, harbiy sektor uchun sarflanadigan yillik xarajatlar va yana bir necha ko‘rsatkichlar.

GFP ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda harbiy xizmatga qodir aholi soni 15 mln kishidan iborat. Solishtirish uchun Xitoyda ushbu ko‘rsatkich 750 mln, Hindistonda 616 mln, AQShda 145 mln, Pokistonda 95 mln va Rossiyada 70 mln fuqaroga teng.

© SputnikO‘zbekiston armiyasi
O‘zbekiston armiyasi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi
Yangiliklar lentasi
0