O‘zbekiston hukumatida yana o‘zgarishlar yuz berdi

Obuna bo‘lish
Joriy yil 27-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan bir qator farmon va qarorlarga muvofiq, vazirlar va qo‘mitalar raislari va ularning o‘rinbosarlari tayinlandi

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bir qator farmon va qarorlariga muvofiq, vazirlar va qo‘mitalar raislari va ularning o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezident rasmiy sayti xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qator vazirlik va qo‘mitalarda kadrlarni almashtirdi

Jumladan,  Bahromjon Turayevich Norkobilov O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.

Bahodir Mahmudovich Nizomov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tohir Haydarov Obidjonovich O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nodir Xusanov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Uzoqboy Begimqulov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0