Krishtianu Ronaldu tojikistonlik muxlisiga dastxat berdi

© REUTERS / Darren StaplesKrishtianu Ronaldu
Krishtianu Ronaldu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehmonxona oldida uni kutib turgan yuzlab muxlislar orasidan Krishtianu Ronaldu aynan tojikistonlik Ruslan Jafoyevga o‘z dastxatini berdi

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Tojikistonlik 20  yoshli futbol ishqibozi Ruslan Jafoyevning orzusi ushaldi: u o‘zi yaxshi ko‘rgan futbolchisi — Krishtianu Ronaldo bilan uchrashdi va undan dastxat olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston muxbiri Nilufar Nekkadam. 

Ruslan uzoq vaqtdan beri mashhur futbolchini internet va televidenie orqali kuzatib kelayotgan edi. Ronalduning jamoasi Moskvaga Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish uchun kelgani va qaysi stadionda mashg‘ulot o‘tkazgani haqida barcha nashrlar  xabar bergan edi.

© AFP 2023 / VANDERLEI ALMEIDA Krishtianu Ronaldu dayet avtograf, arxivnoe foto
Krishtianu Ronaldu dayet avtograf, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Krishtianu Ronaldu dayet avtograf, arxivnoe foto

"Men Real-Madrid jamoasi 20-iyun kuni mashg‘ulotdan keyin Moskvadagi "Monarx" mehmonxonasiga kelishini bilar edim. Men Krishtianuni yaqindan ko‘rish uchun o‘sha yerga bordim, lekin bunday bo‘lishini hecham kutmagan edim", — dedi Ruslan Sputnik muxbiriga.

Yosh yigit aytishiga qaraganda, mashhur futbolchini mehmonxona oldida 300ga yaqin muxlislar kutib turgan, lekin Ronaldo faqat Ruslanning to‘piga imzo qo‘ygan.

"U yonimdan o‘tayotganida — Krishtianu, deb chaqirdim. U to‘xtab meni oldimga keldi, qo‘limdagi to‘pga imzo qo‘yib qaytib ketdi. Boshqa muxlislar uni mendan ko‘ra ko‘proq kutishiga qaramasdan u faqat mening to‘pimga imzo qo‘ydi. Bu shunchalik tez sodir bo‘ldiki, hatto u bilan suratga tushishga ulgurmadim", — dey di Ronalduning muxlisi.

Ruslanning o‘zi ham bolaligidan futbol o‘ynaydi. O‘smirlik yoshida u Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi tarkibida o‘ynagan, lekin maktabni tugatib u Rossiyaga ko‘chib kelgan va bu yerda elektromonter kasbini egallagan. Hozir qurilishda ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0