O‘zbekiston prezidentining nutqi Kembrijda nashr etildi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi tomonidan Shavkat Mirziyoyevning Toshkent anjumanidagi nutqi maxsus risola shaklida chop etildi

TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkentda shu yilning 15-iyunida "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda so‘zlagan nutqida tilga olingan g‘oya va fikr-mulohazalar xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi, deb yozadi "Jahon" AA.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Ispan jurnalisti: Mirziyoyev gapdan ko‘ra ishni ma’qul ko‘radigan siyosatchi

Xabarga ko‘ra, Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi tomonidan Shavkat Mirziyoyevning Toshkent anjumanidagi mazkur nutqi maxsus risola shaklida chop etildi. Unga Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumining raisi, professor Sidxart Saksena so‘zboshi yozgan. Olimning qayd etishicha, mazkur risola Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan tadqiqotchilar, insoniyat oldida turgan zamonaviy ijtimoiy va diniy xavf-xatarlar hal etilishi yo‘llarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar uchun bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi.

S. Saksenaning yozishicha, "xuddi tarixiy o‘tmishda bo‘lgani singari hozirgi paytda ham O‘zbekistonda turli etnik qatlamlar o‘rtasida uyg‘unlik va hamjihatlik an’analarining mavjudligi mamlakatga ijtimoiy barqarorlikka hamda davlat qurilishiga noyob, innovatsiyaga asoslangan yondashuvlar qo‘llanilishini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda".

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidentining nutqi Kembrijda nashr etildi
Rech Mirziyoyeva opublikovan v Kembridje - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining nutqi Kembrijda nashr etildi

O‘tgan davr mobaynida J.Vashington nomidagi universitet (AQSh), Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), Tubingen, Osnabruk, Munster, Frankfurtdagi Gote universitetlari huzuridagi islom dinshunosligi tadqiqotlari markazlari va institutlarida (Germaniya), Jamiya Milliya Islamiya universiteti (Hindiston), Kuvayt universiteti, Malayziya Islom ilmiy universiteti hamda Islomobodda joylashgan Islom hamkorligi tashkilotining Ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha doimiy qo‘mitasida 200 nafardan ziyod ekspert va mutaxassislar ishtirokida ushbu mavzuga doir 20 ta brifing va seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirlarning ishtirokchilari O‘zbekistonda islom dini sofligini saqlash, milliy qadriyatlarni qayta tiklash, buyuk ajdodlar xotirasini hurmat qilish va ular qoldirgan bebaho merosni avaylab asrash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar. Xorijlik mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo tinchlik va hamjihatlik hukm surayotganini alohida qayd etishlari barobarida bu hozirgi osoyishta bo‘lmagan zamona uchun katta muvaffaqiyat ekanligini, O‘zbekiston tajribasi munosib darajada o‘rganishga va boshqalar tomonidan ham qo‘llanishga loyiq ekanligini ta’kidladilar.

Xabarda ta’kidlanishicha, davlat rahbarining mazkur nutqi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy-akademik va ekspert-tahlil doiralari o‘rtasida arab va ingliz tillarida keng tarqatilgan.

Yangiliklar lentasi
0