Ulug‘bek Rozuqulov bosh vazir o‘rinbosarligidan ozod etildi

© Sputnik / StringerVitse-premyer Uzbekistana Ulugbek Rozukulov na vistavke xlopka v Tashkente
Vitse-premyer Uzbekistana Ulugbek Rozukulov na vistavke xlopka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning bo‘shatilishiga "boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan"ligi sabab qilib ko‘rsatilgan

TOShKENT, 23-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Ulug‘bek Rozuqulovni bosh vazir o‘rinbosari va "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod qilish haqidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

MDH davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Ulug‘bek Rozuqulov MDH hukumat rahbarlari kengashida ishtirok etadi

Rozuqulov shuningdek, eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ham ozod etilgan.

Uning bo‘shatilishiga "boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan"ligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Mirziyoyev shuningdek, bosh vazirning yangi o‘rinbosari va shu bilan bir vaqtda "O‘zagrotexsanoatxolding" boshqaruvi raisi etib Nodir Otajonovni tayinlagan. U eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksini ham boshqaradi.

Yangiliklar lentasi
0