Toshkentga doimiy propiska qilish tartibi yanada yengillashtirildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta Uzbekistana
Vibori prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishda qator hujjatlar taqdim etilishi umuman bekor qilindi

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibiga fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanalida ma’lum qilindi.

O‘zbek pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi

Unga ko‘ra, endilikda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun turar joy hujjatlari, uy-joy mulkdorining arizasi, nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etilmaydi.

Shuningdek, Toshkent shahar va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi umuman bekor qilindi:

er-xotinning amalda yashagan joyida ularning kamida bir yil birgalikda yashaganligi to‘g‘risida mahalla yig‘ini raisi va profilaktika inspektori tomonidan imzolangan ma’lumotnoma;

Oliy Majlis palatalari, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek Prezident bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanganlik, tasdiqlanganlik, saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

Na odnoy iz ulis goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdan uy sotib olgan boshqa shaharliklar propiskaga qo‘yilishi mumkin

davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.

Quyidagi hollarda vaqtinchalik hisobga qo‘yish uchun turar joy ijara shartnomasi yoki turar joydan tekin foydalanish shartnomasi talab etilmaydi:

fuqaro (oila a’zolari bilan birga) turar joy mulkdorining yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda;

Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda.

Yangiliklar lentasi
0