“O‘zbekcha orzu” – kam ta’minlangan va tarbiyasi qiyin yoshlar uchun imkoniyat

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishObuchenie
Obuchenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekcha orzu” – yangi davlat dasturi bo‘lib, u kam ta’minlangan va tarbiyasi qiyin yoshlarga ingliz tili, kompyuterda ishlashni o‘rganish imkoni yaratdi va shu bilan jamiyatda mavjud bo‘lgan salbiy stereotiplarni yo‘q qiladi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yangi “ijtimoiy lift” ishga tushirildi – uning yordamida kam ta’minlangan va tarbiyasi qiyin yoshlar zamon talabiga javob beradigan ilmlarni o‘rganishi va o‘z orzularini ro‘yobgi chiqarishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
Sudlanuvchi Yoshlar Ittifoqi kafilligida qamoq jazosidan ozod qilindi

Yangi dastur doirasida kompyuter savodxonligi va ingliz tilidan maxsus o‘quv kurslari tashkil qilinadi. Shunday o‘quv kurslaridan birinchisi Toshkentning Sirg‘ali tumani hududida ish boshlaydi. O‘quv kurslarini bitirgan yoshlarni amaliy mashg‘ulotlar va ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan

Ushbu dastur tashkilotchilari Axborot texnologiyalari vazirligi va O‘zbekistonning faol yoshlaridir. Tashkilotchilar ushbu dasturga “Amerikacha orzu” misolida “O‘zbekcha orzu” deb shartli nom berishgan.

“Jamiyatda shunday fikr bor: O‘zbekistonda faqat tanish bilish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin. Bu yosh avlodni tarbiyalashda juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning hayotdagi  qadriyatlarining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun biz ushbu “O‘zbekcha orzu” — maxsus kadrlar tayyorlash tizimini ishlab chiqdik”, — dedi dasturning 22 yoshli koordinatori Timur Allayarov.

“O‘zbekcha orzu”ning asosiy prinsipi – har qanday fuqaro o‘zining moddiy holatidan qat’iy nazar, jamiyat qo‘llab-quvvatlashi va tinimsiz mehnat yordamida muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini isbotlashdir.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev po vremya osmotra Sardobskogo vodoxranilisha - Sputnik O‘zbekiston
Orzu mamlakati

Allayarov aytishiga qaraganda, ushbu o‘quv krslariga tashrif buyurgan kishilar, bilan o‘zlarining yaqinlari bilan olingan ma’lumot bilan bo‘lishishadi va ushbu qadriyatlarni jamiyatda tarqatishga xizmat qilishadi.

“Rahbariyat bizning tashabbusni qo‘llab-quvvatlayotganidan biz juda xursandmiz. Ular bizga juda qisqa vaqt ichida ofis va kerakli anjomlarni tayyorlab berishdi. Agar biz jahonda yetakchi bo‘lmoqchi ekanmiz, o‘z tajribamiz va bilimlarimiz bilan baham ko‘rishib, jamiyatni hozirdan rivojlantirishimiz kerak”, — dedi Allayarov.

Yangiliklar lentasi
0