O‘zbekiston xalqi qayg‘uda: onajonlar, sizlarga dunyolarcha sabr-bardosh tilaymiz

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSveti i pamatnie svechi
Sveti i pamatnie svechi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning 52 fuqarosi avtohalokati aniq sabablari bugun oydinlashishi kutilmoqda

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida sodir bo‘lgan avtohalokat 52 nafar O‘zbekiston fuqarosini hayotdan olib ketdi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Yonib ketgan avtobus ichidan 52 yo‘lovchi tanasi chiqarib olindi

O‘zbekistonga turli davlatlar va tashkilotlardan hamdardlik maktublari kelmoqda. Shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Namangan viloyatiga hamdardlik bildirayotgan foydalanuvchilar ham ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Odamlar Qozog‘istonda sodir bo‘lgan mudhish fojia yuzasidan turli she’rlar va hamdardlik izohlarini yozishmoqda.

Kobiljon Isakov "Xalol rizq yo‘lida ketgan shahid yurtdoshlarimga" nomli she’r yozgan.

"Rizq izlab yiroq yurt yuzlangan bolam,

Tek turmay, ming chora izlangan bolam,

Alpqomat kelbating ko‘zlangan bolam,

Ortingdan butun yurt bo‘zlangan bolam,

"Tirikchilik"-deya izlangan bolam!"

Hali tug‘ilmagan farzanding qoldi,

Kelinchaging qora ro‘molin soldi,

Azroil…joningni og‘rinib…oldi,

Bilaklar haqqingga duodan toldi,

"Tirikchilik"-deya izlangan bolam!"

Sgorevshiy avtobus v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Nega 52 kishi avtobusdan chiqolmay qolishgan - Qozog‘iston rasmiylari izohi

Xulkar Abdullayeva: "Qayg‘udamiz. Inson nimaga dunyoga keladi degan savol meni ko‘pdan qiynaydi. Shunday o‘lim topish uchunmi? Hali o‘z so‘zini aytib ulgurmagan norg‘ul yigitlar endi yaqinlari orasida yo‘q, oramizda yo‘q. Hammamiz uchun otgan tong bugun ular uchun otmadi. Ko‘pchiligimiz onalarimiz va otalarimizni, farzandlarimizni quchib ularga yaxshi so‘zlarni aytishimiz mumkinu, ammo ular bunday baxtdan endi bebahra. Ular endi yo‘q. Umid izlab umidsizlikka qurbon bo‘lgan azizlarim. Alloh sizni o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin".

Dildora Yusupova: "Onalar, ox onajonlar, sizlarga dunyolarcha, undan ham ko‘proq sabr-bardosh tilaymiz". 

"Ular ichida hali yigirmaga kirgan va kirmaganlar bor ekan. Yuragida qancha-qancha orzulari, maqsadlari bo‘lgan. Qaytgach yoqtirgan qiziga o‘ylanmoqchi bo‘lgandir. Oliygohga kirmoqchi bo‘lganlari bor bo‘lgan. Otalar kelib uy qilmoqchi bo‘lgandir. O‘g‘ilchasi bo‘lsa to‘y qilmoqchi bo‘lgandir", — deb yozgan Dilfuza Ro‘ziyeva.

Etibor Kurdosheva: "Ey xudoyim o‘zi rahmatiga olsin, ko‘pisi yosh yigitlar ekan onalariga oilasiga sabr bersin".

Yangiliklar lentasi
0