O‘zbekiston turistlar uchun tavsiya etiluvchi eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi

Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyodan O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston va Tojikiston ham ro‘yxatga kiritilgan

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Britaniyaning British Backpacker Society turistik jamiyati 2018-yilgi turizm uchun eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga 20ta mamlakat kiritilgan bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston 19-o‘rindan joy oldi.

Ro‘yxatning dastlabki uchligida Pokiston, Rossiya va Hindiston joylashgan.

Markaziy Osiyodan O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston (5-o‘rin) va Tojikiston (7-o‘rin) ham ro‘yxatga kiritilgan.

British Backpacker Society jamiyati turistlar uchun unchalik tanish bo‘lmagan mamlakatlarni o‘rganuvchi hamda mustaqil turistlarga ushbu mamlakatlarga sayohat qilishni tavsiya etuvchi jamiyat hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0