Surxondaryoda yangi ekoturistik yo‘nalish ochiladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPalatochniy lager
Palatochniy lager - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017-yilda Surxondaryo viloyatiga sakkiz mingdan ortiq xorijlik, 40 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurgan

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanida joylashgan Zarautsoy yo‘nalishi bo‘ylab ekoturizm yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi Surxondaryo hokimligi matbuot-xizmati.

Vid s lestnisi, vedushey k vershine gori - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda tashqi dunyodan uzilib qolgan 4 qishloq elektr energiyasi bilan ta’minlandi

Arxeolog olimlar Zarautsoydagi tog‘ qoyalariga o‘yib chizilgan rasmlarning mezolit, neolit davrlariga mansubligini aniqlagan.

O‘tmishdagi ajdodlarimiz qizil oxra bilan ishlagan rasmlarda itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzaralari mahorat bilan chizilgan. Niqoblangan odamlar, burama shoxli echki, jayron, tulki, tog‘ echkisi kabi ko‘plab yovvoyi hayvonlar yuksak did bilan tasvirlangan.

2017-yilda Surxondaryo viloyatiga sakkiz mingdan ortiq xorijlik, 40 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurgan.

Yangiliklar lentasi
0