O‘zbekistonga AQShning mashhur Smitson instituti mutaxassislari tashrif buyurdi

© AP Photo / Manuel Balce CenetaZdanie Smitsonovskogo instituta v Vashingtone
Zdanie Smitsonovskogo instituta v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh instituti ekspertlari 15-yanvarga qadar Madaniyat, Iqtisodiyot, Tashqi ishlar vazirliklarida, Davlat turizm qo‘mitasi, Xususiy turistik agentliklar assotsiatsiyasida, muzey va ta’lim muassasalarida qator uchrashuvlar o‘tkazishadi

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. 7-yanvar kuni O‘zbekistonga AQShning dunyoga mashhur Smitson universiteti mutaxassislari tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, tashrifdan maqsad, O‘zbekistonning madaniy-sivilizatsion merosini o‘rganish va ilmiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni muhokama qilishdir.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh instituti ekspertlari 15-yanvarga qadar Madaniyat, Iqtisodiyot, Tashqi ishlar vazirliklarida, Davlat turizm qo‘mitasi, Xususiy turistik agentliklar assotsiatsiyasida, muzey va ta’lim muassasalarida qator uchrashuvlar o‘tkazishadi. Uchrashuvlarda respublika turistik salohiyatini rivojlantirish salohiyati va istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Turisti v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston turistlar uchun tavsiya etiluvchi eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan loyiha Toshkent va Xiva shaharlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ushbu shaharlarda turizmni yanada rivojlantirish borasida institutning xulosa va tavsiyalardan iborat hisoboti tayyorlanadi.

Smitson instituti ta’lim va ilmiy-tadqiqot strukturasiga ega tizim bo‘lib, uning muzey majmuasi dunyodagi eng yirik muzeylardan hisoblanadi. Instituti tarkibiga 19 muzey, 9 ilmiy-tadqiqot markazi, zoopark hamda AQShning 45 shtati, Puerto-Riko va Panamadagi 200dan ortiq muassasa va muzeylar kiradi.

Institut O‘zbekiston muzey va kutubxonalari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. 2011-yildan buyon O‘zbekistonga ekspert va tadqiqotchilarning qator tashriflari amalga oshirilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Smitson muzeylarida O‘zbekistonning madaniy va sivilizatsion merosi bilan bog‘liq 1500dan ortiq yodgorliklar saqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0