Breyk-dans mo‘jizalari: O‘zbekistonda eng zo‘r bi-boy tanlandi

Obuna bo‘lish
Toshkentda breyk-dans bo‘yicha mohir raqqoslar va raqsning bu turini endigina egallab kelayotgan yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Toshkentda, "Turkiston" saroyining yozgi maydonchasida O‘zbekiston bi-boylari eng yaxshi breyk-danser unvoni uchun kurashdilar.

G‘oliblar Red Bull BC One Central Asia Caucasus Cypher ishtirokchisiga aylanadi.

Musobaqa g‘olibi Amstredamdagi uch kunlik lagerga yuboriladi. U yerda butun dunyodan to‘plangan bi-boylar yilning eng muhim hodisasiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydilar.

Musobaqada shahar va viloyatlarda o‘tgan saralash bosqichlari g‘oliblari hamda butun Markaziy Osiyo bo‘yicha Red Bull BC One g‘oliblari ishtirok etishdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0