Birinchi prezident sharafiga fotoko‘rgazma o‘tkazildi

Obuna bo‘lish
Toshkentda Fotosuratchilar uyida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ekspozitsiya sentabr oyi bo‘lmasdan namoyish etildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning Birinchi prezidenti hayotini va u bosib o‘tgan siyosiy yo‘lni aks ettiruvchi jami 39 dona surat namoyish etilgan. Xususan, ekspozitsiyadan, Islom Karimovning xalqaro safarlarida olingan kadrlar hamda uning oilaviy suratlari o‘rin olgan.

Shuningdek, Fotosuratlar uyida birinchi prezident portreti tanlovida ishtirok etgan o‘zbek rassomlari ijodlari ham namoyish etilgan. Ellikta eng suratdan 17 dona eng yaxshi deb topilgani ajratib olingan.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston mustaqillikka erishgan davrdan boshlab qariyb chorak asr davomida mamlakatga rahbarlik qildi. Karimov 2016-yilning 2-sentabrida 78 yoshida vafot etdi. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar — Samarqandda dafn etildi.

O‘zbekistonda bir nechta ko‘chalar Islom Karimov sharafiga qayta nomlandi. Poytaxtdagi maydonga ham Karimov nomi berildi. Respublikaning boshqa shaharlarida ham birinchi prezident nomi bilan atalgan ko‘chalar bor. Toshkent xalqaro aeroportiga va Toshkent Davlat texnika universitetiga ham Islom Karimov nomi berildi. Tez kunda Toshkent, Samarqand va Moskva shaharlarida O‘zbekistonning birinchi prezidenti sharafiga yodgorliklar ochilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0