Tojikiston prezidentining qizi diplomatiya sirlari haqida kitob yozdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asarda Tojikiston diplomatiyasining strategik maqsadlarni amalga oshirishga doir vazifalari, Tojikistonning BMT va boshqa mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risida to‘xtalgan, tojik diplomatiyasining qisqa tarixi va mamlakatning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xalqaro tashkilotlar boshqarmasi rahbari o‘rinbosari, mamlakat rahbarining qizi — Ruhshona Rahmonovaning "Diplomatik xizmat asoslari" nomli kitobi taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.

Rahmon Ozoda Emomali - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmonning qizi dunyoning eng omadli ayollari ro‘yxatiga kiritildi
Tadbirda vazirlik xodimlari, diplomatik xizmat veteranlari, olimlar va xalqaro munosabatlar mutaxassislari ishtirok etishgan.

Tadbirda chiqish qilganlar "Diplomatik xizmat asoslari" kitobi Tojikiston tashqi siyosatidagi asosiy siyosiy va huquqiy asoslar bayon etilgan birinchi asar bo‘lganini ta’kidlashgan. Ta’kidlanishicha, asarda Tojikiston diplomatiyasining strategik maqsadlarni amalga oshirishdagi vazifalari, mamlakatdagi masalalar, Tojikiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risida to‘xtalgan. Shuningdek, tojik diplomatiyasining qisqa tarixi va Tojikistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.

© MID TadjikistanaPrezentatsiya knigi "Osnovi diplomaticheskoy slujbi"
Prezentatsiya knigi Osnovi diplomaticheskoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Prezentatsiya knigi "Osnovi diplomaticheskoy slujbi"

Kitobga shuningdek, diplomatik xizmat va xalqaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda diplomatik terminlarning qisqacha lug‘ati ilova qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti to‘qqiz nafar farzand — yetti qiz va ikki o‘g‘ilning otasi. Rahmonning eng kenja o‘g‘li — Somoniy — maktabda o‘qiydi. 28 yashar Rustam Emomali esa Dushanbe meri etib tayinlangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0