O‘zbekistonda "Sport" erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSportivniy inventar na chempionate mira po xudojestvennoy gimnastike v Kiyeve.
Sportivniy inventar na chempionate mira po xudojestvennoy gimnastike v Kiyeve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yerda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o‘nlab korxonalar joylashgan to‘laqonli sanoat klasteri tashkil qilinadi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Toshkent viloyatida "Sport" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish haqidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Hujjatga muvofiq, bu yerda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o‘nlab korxonalar joylashgan to‘laqonli sanoat klasteri tashkil qilinadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda sport mahsulotlarini asosan avtomobillar uchun o‘rindiqlar ishlab chiqaruvchi "Uz-Tong Xong Ko" O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi ishlab chiqaradi. Korxonada basketbol, futbol, voleybol, tennis to‘plari tayyorlanadi. Bu yerda shuningdek, batutlar, tennis va badminton raketkalari, soprt kedalari ishlab chiqariladi.

Bozorning asosiy qismini esa har doim ham tegishli talabga xavob bermaydigan Xitoyning arzon mahsulotlari egallagan. Shu bois yangi zonaning asosiy vazifasi ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish va importni siqib chiqarish bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0