TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Moskva rahbari Sergey Sobanin o‘zining blogida shahar maktablarida qishki ta’tillar 1-11sinflar uchun bir haftaga, ya’ni 17-yanvarga qadar uzaytirilishi haqida xabar qildi.
"Biz quyidagi qarorni qabul qildik... Shahar maktablarida 1 sinfdan tortib 11-sinflar uchun qishki ta’til bir haftaga - 2021-yilning 17-yanvariga qadar uzaytiriladi", - deb yozgan Sobanin.
Shuningdek, mer, emlash ishlari odamlar uchun kasallikka chalinish xatarini pasaytirishini va boshqalar uchun infeksiyalanish manbasi bo‘lishning oldini olishini ma’lum qildi. Shu bois, merning ta’kidiga ko‘ra, vaksina olgan odamlar sekin-asta odatiy hayot tarziga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmoqlari lozim.