Qozog‘iston afg‘on ayollari uchun tranzit yo‘lagini taqdim etdi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishLyudi v lagere nelegalnix migrantov iz Afganistana na belorussko-polskoy granitse vozle derevni Usnar-Dolnoe
Lyudi v lagere nelegalnix migrantov iz Afganistana na belorussko-polskoy granitse vozle derevni Usnar-Dolnoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
Obuna bo‘lish
Tranzit yo‘lagi afg‘on ayollariga uchinchi davlatlarga uchib ketish imkonini beradi.
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Qozog‘iston afg‘on ayollari - sudyalar va parlament vakillari va ular oilalari a’zolari uchun tranzit yo‘lagini taqdim etdi.
Afg‘on ayollar va ularning oila a’zolari - Olma-Otadagi aeroport orqali uchinchi davlatlarga uchib ketishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston TIV.
Afgansi sobirayutsya u pasportnogo stola v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Afg‘onistonda yashayotgan 300ta qirg‘iz oilasi ko‘chib o‘tishiga yordam beramiz - Japarov
"Qozog‘iston Respublikasining gumanitar sohalarda xalqaro majburiyatlariga sobitligidan kelib chiqib, davlat rahbari tomonidan afg‘on ayollari - sudyalar va parlamentariylar hamda ularning oila a’zolariga tranzit yo‘lagini taqdim etish qarori qabul qilindi", - deyiladi Qozog‘iston tashqi siyosiy mahkamasi saytidagi xabarda.
Xabarga ko‘ra, "tranzit xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda" uchinchi davlatlarga uchish maqsadida Olma-Ota aeroporti orqali amalga oshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0