https://oz.sputniknews.uz/20221021/baa-kompaniyasi-toshkent-viloyatida-logistika-markazini-qurishga-qiziqish-bildirdi-29333122.html
BAA kompaniyasi Toshkent viloyatida logistika markazini qurishga qiziqish bildirdi
BAA kompaniyasi Toshkent viloyatida logistika markazini qurishga qiziqish bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
BAAning DP World kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. 21.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-21T09:59+0500
2022-10-21T09:59+0500
2022-10-21T10:01+0500
iqtisod
baa
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/15/29333351_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_00a402f458a5ce2500764cb8ab8448c3.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kompaniyasi Toshkent viloyatida logistika markazini qurishga qiziqish bildirdi. Bu bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qo‘shma loyihalarni qo‘llab quvvatlashga tayyor.Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida DP World kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyaning mamlakatdagi infratuzilmaviy rivojlanish, logistika va elektron tijorat sohasidagi bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.Muzokaralar davomida kompaniya vakillari O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti, xorijiy investorlar uchun joriy qilingan imtiyoz va preferensiyalar hamda ularning faoliyati kafolatining meyoriy - huquqiy bazasi bilan batafsil tanishishdi.O‘zbekistonda kompaniyaning samarali faoliyati uchun quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya dunyodagi eng yirik port operatorlaridan biri bo‘lib, 2005-yilda Dubai Ports Authority va Dubai Ports International birlashishi natijasida tashkil etilgan. Kompaniya 78 ta dengiz va ichki terminallarga ega. Ular kompaniyaning oltita qit’aning 40 mamlakatidagi 50 dan ortiq korxonalari tomonidan boshqariladi.Kompaniya asosan rivojlanayotgan va rivojlangan bozorlarda faoliyat yuritadi. Uning tarkibiga portlar va terminallar, sanoat parklari, logistika va iqtisodiy zonalar, yaxtalar to‘xtaydigan joylar kiradi.
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/15/29333351_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a18151851cb2594f73757e50d596e845.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, baa, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
iqtisod, baa, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
BAA kompaniyasi Toshkent viloyatida logistika markazini qurishga qiziqish bildirdi
09:59 21.10.2022 (yangilandi: 10:01 21.10.2022) BAAning DP World kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kompaniyasi Toshkent viloyatida logistika markazini qurishga qiziqish bildirdi. Bu bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qo‘shma loyihalarni qo‘llab quvvatlashga
tayyor. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida DP World kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyaning mamlakatdagi infratuzilmaviy rivojlanish, logistika va elektron tijorat sohasidagi bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
“Kompaniya vakillari Toshkent viloyatida zamonaviy logistika markazini qurishga qiziqish bildirishdi, o‘z navbatida vazirlik rahbariyati qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Muzokaralar davomida kompaniya vakillari O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti, xorijiy investorlar uchun joriy qilingan imtiyoz va preferensiyalar hamda ularning faoliyati kafolatining meyoriy - huquqiy bazasi bilan batafsil tanishishdi.
O‘zbekistonda kompaniyaning samarali faoliyati uchun quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:
Transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish;
Transport-logistika markazlarini yaratish va logistika jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya dunyodagi eng yirik port operatorlaridan biri bo‘lib, 2005-yilda Dubai Ports Authority va Dubai Ports International birlashishi natijasida tashkil etilgan. Kompaniya 78 ta dengiz va ichki terminallarga ega. Ular kompaniyaning oltita qit’aning 40 mamlakatidagi 50 dan ortiq korxonalari tomonidan boshqariladi.
Kompaniya asosan rivojlanayotgan va rivojlangan bozorlarda faoliyat yuritadi. Uning tarkibiga portlar va terminallar, sanoat parklari, logistika va iqtisodiy zonalar, yaxtalar to‘xtaydigan joylar kiradi.