https://oz.sputniknews.uz/20230109/tiv-pokistonni-suv-toshqinlaridan-tiklashga-yordam-beruvchi-xalqaro-tadbirda-ishtirok-etadi-31336182.html
O‘zbekiston iqlim jihatidan barqaror Pokiston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi
O‘zbekiston iqlim jihatidan barqaror Pokiston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi kutilmoqda. 09.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-09T07:30+0500
2023-01-09T07:30+0500
2023-01-09T10:41+0500
siyosat
o‘zbekiston tiv
pokiston
bmt
iqlim o‘zgarishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31102602_0:124:1154:773_1920x0_80_0_0_422b8c119f03604c788dc88193d6bb4d.jpg
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Iqlim jihatidan barqaror Pokiston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.Konferensiya Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida bo‘lib o‘tadi. Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.Konferensiya ishtirokchilari halokatli suv toshqinlaridan mamlakatni tiklashga yordam berish masalasini muhokama qilishadi.Tadbirda 250 ga yaqin ishtirokchi, jumladan, yuqori martabali davlat amaldorlari, xususiy donorlar va xalqaro moliya institutlari ishtirok etishi kutilmoqda.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili sentabr oyida Pokistondagi dahshatli suv toshqinlari bir necha hafta davom etgan. Tinimsiz yoqqan musson yomg‘irlari mamlakatga ko‘p talofat keltirdi.Rekord darajadagi musson yomg‘irlari va muzliklarning erishi natijasida 8 millionga yaqin aholi o‘z uyidan kuchirilgan. Iqlim o‘zgarishi kamida 1700 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. BMT tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 3 million dollar ajratishini ma’lum qilgan edi.O‘zbekiston prezidenti xalqaro hamjamiyatni Pokistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirdi
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31102602_89:110:958:761_1920x0_80_0_0_83f7465ef5edb4f2f2fe85cdf8415d59.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston tiv, pokiston, bmt, iqlim o‘zgarishi
siyosat, o‘zbekiston tiv, pokiston, bmt, iqlim o‘zgarishi
O‘zbekiston iqlim jihatidan barqaror Pokiston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi
07:30 09.01.2023 (yangilandi: 10:41 09.01.2023) Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi kutilmoqda.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Iqlim jihatidan barqaror Pokiston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok
etadi. Konferensiya Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida bo‘lib o‘tadi. Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Konferensiya ishtirokchilari halokatli suv toshqinlaridan mamlakatni tiklashga yordam berish masalasini muhokama qilishadi.
Tadbirda 250 ga yaqin ishtirokchi, jumladan, yuqori martabali davlat amaldorlari, xususiy donorlar va xalqaro moliya institutlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili sentabr oyida Pokistondagi dahshatli suv toshqinlari bir necha hafta davom etgan. Tinimsiz yoqqan musson yomg‘irlari mamlakatga ko‘p talofat keltirdi.
Rekord darajadagi musson yomg‘irlari va muzliklarning erishi natijasida 8 millionga yaqin aholi o‘z uyidan kuchirilgan. Iqlim o‘zgarishi kamida 1700 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. BMT tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 3 million dollar ajratishini ma’lum qilgan
edi.