Gulistonda uch egizak dunyoga keldi

© Sog‘liqni saqlash vazirligi Gulistonda uch egizak dunyoga keldi
Gulistonda uch egizak dunyoga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2023
Obuna bo‘lish
Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida dunyoga kelgan go‘daklarning uchchalasi ham o‘g‘il
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Gulistonda uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Yangi avlod mahallasida istiqomat qiluvchi Irodaxon va Abbosjon Mamatqulovlar oilasida uch egizak tug‘ildi.
Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida dunyoga kelgan go‘daklarning uchchalasi ham o‘g‘il. Kattasining vazni 2,630, o‘rtanchasiniki 2,870 va kichigining og‘irligi 2,700 kilogrammga teng.
Ayni paytda chaqaloqlarning ham, onaning ham salomatligi yaxshi. Ular tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologlari nazoratida.
Yangiliklar lentasi
0