Bayden sahnadan chiqish yo‘lini topa olmay qoldi – video

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Obuna bo‘lish
Voqea o‘tgan juma kuni sodir bo‘lgan. Baydenga Kanada bosh vaziri yordamga kelgan.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Kanada bosh vaziri Jastin Trudo bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanidan so‘ng sahnadan chiqish yo‘lini topa olmay qoldi. Tadbirni CTV News telekanali efirga uzatdi.
Voqea o‘tgan juma kuni sodir bo‘lgan. Jurnalistlarning savollariga javob bergan Amerika yetakchisi sarosimaga tushib, sahnadan chiqish yo‘lini topa olmay qolgan. Unga darhol Kanada bosh vaziri yordamga kelgan.
Bayden avval ham xuddi shunday vaziyatga tushgan. O‘tgan yil sentabr oyida Bostonda u Kennedi nomli kutubxonada nutq so‘zlaganidan keyin adashib qolgan va yordam so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0