FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident FIFA Djanni Infantino na press-konferensii v Doxe.
Prezident FIFA Djanni Infantino na press-konferensii v Doxe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Terma jamoalar bazasi ("Do‘stlik") ko‘zdan kechiriladi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 5-6 may kunlari Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assossiatsiyasi (O‘FA) xabar qildi.
Qayd etilishicha, delegatsiya O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi hamda mamlakatda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik loyihalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, delegatsiya tashrif davomida FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Terma jamoalar bazasini ("Do‘stlik") ko‘zdan kechiradi.
Bundan tashqari, O‘FA mutasaddilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0